0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Mag‘rur hilpirayver yurtim bayrog‘i!

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Joriy yilning 18-noyabr kuni Qarshi davlat universitetida “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz g‘ururimiz!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti xodimlari, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar qatnashdi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor J.Shonazarov kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy qutladi.

“Bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan. Milliy bayrog‘imizning davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi. Masalan, xalqaro sport bellashuvlarida g‘alaba qozongan sportchilarimiz sharafiga  yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushamiz, hech kimdan kam emasligimizni his qilamiz”, - deya ta’kidladi o‘z nutqida O‘zbekiston tarixi  kafedrasi mudiri, dotsent M.To‘rayeva. Tadbir davomida Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti harbiy xizmatchilarining  ko‘rgazmali chiqishlari, shu bilan bir qatorda Qarshi davlat universiteti musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari tomonidan musiqiy ijrolar, Filologiya fakulteti talabalari tomonidan “Hilpirayver bayrog‘im mag‘rur!” mavzusida ifodali o‘qilgan she’rlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Bayramona tadbirning yana bir e’tiborli jihati, viloyat adliya boshqarmasida bo‘lib o‘tgan yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovining ikkinchi bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan Qarshi davlat universiteti talabalari Suhaylo Qurbonnazarova, Shabona Toshmurodovaga viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi. Shuningdek, kuni kecha sana munosabati bilan Qarshi davlat universitetining 1-bosqich talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan rasm chizish, she’riyat va insholar ko‘rik-tanlov g‘oliblarini Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor J.Shonazarov faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirladi, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti xodimlariga bayramona tadbirdagi faol ishtirok uchun universitet nomidan tashakkurnomalarni topshirdi.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________