0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 8
SayozZo'r 

Kafedra mudiripedagogika fanlari doktori. professor

Rizamat Davranovich Shodiyev

Telefon: (+998 98) 777-53-43

E-mail: qardu_rizamat@edu.uz

 

Kafedra tarixi

“Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi 1960-yilda Qarshi davlat pedagogika institutida "Boshlang‘ich ta’lim metodikasi" nomi bilan tashkil topgan. Kafedrada shu o‘tgan davrda professor M.Ochilov, professor T.G‘afforova, dotsentlar T.Rasulovlar, Sh.Nurullayeva, N.Oripovalar mudirlik qilgan. 2014-yil 1apreldan boshlab “Ijtimoy pedagogika” va “Maktabgacha ta’lim” kafedralarini optimallashtirish va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tashkil topdi. Universitet tarkibida amalga oshirilgan o‘zgarishlar natijasida Universitet rektorining 3-dekabrdagi 565 X sonli buyrug‘iga asosan Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi negizida 2 ta boshlang‘ich ta’lim va maktabgacha ta’lim kafedrasi tashkil etildi. Hozirgi kunda mazkur kafedraga pedagogika fanlari doktori. professor R.D.Shodiyev mudirlik qilmoqda. 

Kafedra ravnaqiga  katta hissa qo‘shgan olimlardan  professor M. Ochilov va professor T.G‘afforovalardir. M.Ochilov 1960-yildan 2010-yilgacha kafedrada faoliyat ko‘rsatdi. Ish jarayonida unumli mehnat qilib, ustoz degan ulug‘ nomni sharaf bilan oqlab keldi. U o‘z faoliyati davomida  yoshlarni yetuk mutaxassis, komil inson qilib tarbiyalashga ulkan xissa qo‘shish bilan birga yuzdan ortiq ilmiy maqolalar, risolalar va darsliklar yozib nashrdan chiqardi. O‘nlab fan nomzodlari tayyorlab, ko‘plab doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy maslaxatchi bo‘lgan. Ustoz “Oliy maktab pedagogikasi” darsligining muallifidir. Shuningdek, professor M.Ochilov ilmiy izlanishlari natijasida “Yangi pedagogik texnologiyalar”, “O‘qituvchi odobi” kabi ko‘plab o‘quv qo‘llanmalarini nashrdan chiqardi. Olim chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarini o‘zbek tiliga  tarjima qildi. Hukumatimiz olimning ko‘p yillik ilmiy va pedagogik mahoratini inobatga olib, uni bir qancha  orden, medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlagan. Olimning “Oliy maktab pedagogikasi” nomli darsligi hozirgi kunda magistrantlar uchun asosiy adabiyotlardan biri sifatida xizmat qilmoqda. 

2002-2009 yillargacha kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Tal’at G‘afforova rahbarlik qildi, bu davrda ham kafedra har taraflama taraqqiy etib ilmiy salohiyati ko‘tarilib bordi. U mudirlik qilgan yillarda kafedra o‘qituvchilardan Sh.Nurullayeva, N.Ochilova, N.Oripova, D.Kenjayeva, Sh.Hamroyevlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Professor T.G‘afforova mudirlik ishlari bilan birga mamlakatimiz ta’lim sohasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Alifbe”, “O‘qish” darsliklarini nashrdan chiqardi. Shu yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ham ko‘plab risolalar, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi va ommaviy axborot vositalarida, davriy matbuotda ko‘plab ilmiy maqolalar chop etildi. 

2009-2014 yillargacha kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nurullayeva Shaxlo O‘ktamovna rahbarlik qildi. Uning rahbarligi jarayonida ham kafedra ko‘rsatgichlari o‘sib bordi. Bu davrga kelib kafedrada 5A111701- Boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha magistratura va 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim izlanuvchilar  instituti faoliyat yurita boshladi. 

2014 yil iyun oyidan boshlab kafedraga Shodiyev Rizamat Davranovich mudirlik qila boshladi. Shodiyev Rizamat Davranovich kafedraga mudirlik qilayotgan davrdan buyon kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari yanada yuksalishi kuzatilyapti. Bu davrga kelib, kafedrada 5A111701 - Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi magistratura hamda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar nazariyasi. 13.00.05- Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DSc) faoliyat yuritmoqda.

Kafedrada 1 nafar fan doktori, 2 nafar professor, 2 nafar fan nomzodi, 3 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsentlar,  17 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy salohiyat 30 % ni tashkil etadi. 

Kafedra yo‘nalishlari

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi 5111700 – boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslik kafedrasi hisoblanadi. 

Bakalavriat: 

5111700 – boshlang‘ich  ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitiladi 

  1. Matematika 
  2. Matematika  o‘qitish metodikasi 
  3. Boshlang`ich matematika kursi nazariyasi 
  4. Umumiy pedagogika 
  5. Mehnat va uni o‘qitish metodikasi 
  6. Tarbiyaviy ish metodikasi 
  7. Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi 
  8. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi 
  9. Boshlang‘ich ta’limni pedagogikasi innovatsiya va integratsiyasi 
  10. Xalq pedagogikasi 
  11. Texnologiya va uni o`qitish metodikasi 
  12. Boshlang`ich sinflarda axborot texnologiyalari 
  13. Pedagogik mahorat 

Magistratura: 

5A111701–Boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha quyidagi fanlar o‘qitiladi: 

  1. Boshlang‘ich talim metodologiyasi. 
  2. Boshlang‘ich ta’lim fanlari nazariyasi. 
  3. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi. 
  4. Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar 
  5. Dunyo mamlakatlari ta’lim tizimi 
  6. Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va uni o‘qitish  metodikasi 
  7. Pedagogik konfliktologiya. 
  8. Pedagogik kompetentlik. 
  9. Pedagogik mahorat. 

Kafedraning ilmiy uslubiy ishlari

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha Professor P.Shodiyevning darslik kitobi, dotsent T.G‘afforova, Sh.Nurullayeva, N.Oripova,  O.Aslonova, M.Muhammadiyeva, Y.Yarmanova monografiya va risolalari nashr qilingan. 

2018-yilda kafedra xodimlaridan 4 nafari Falsafa fanlari doktori (PhD) darajasiga ega bo`lishdi. 

Kafedra a’zolari

  1. prof.  Shodiyev Rizamat Davranovich 
  2. prof. G‘afforova Tal’at G‘afforovna 
  3. dots. Nurullayeva Shaxlo Uktamovna
  4. dots. Nabiyev Abdisalom 
  5. k.o‘q. (PhD) Yoziyeva Umida Lutfullayevna 
  6. k.o‘q. (PhD) Turdiyev Shoxrux Razzokovich 
  7. k.o‘q. Muxiddin Tirkashev 
  8. k.o‘q. Yuldashev Nazar O‘sarovich 
  9. Choriyeva Feruza Amrullayevna 
  10. Yarmanova Yulduz Bo‘riyevna 
  11. Aslonova Orzigul Pirimovna 
  12. Yo‘ldoshev Sodiq Norchayevich 
  13. Ochilov Akmal Eshtemirovich 
  14. Berdiyev Baxodir Ravshanovich 
  15. Yo‘ldoshev Jahongir Tilakmurodovich 
  16. Rajabov Adham Umarqulovich 
  17. Bobomurodov Kupaysin 
  18. Umirov Azamat Abdinazarovich 
  19. Xaitova Yulduz Saitovna 
  20. Temirov Shuxrat  Kaxramonovich 
  21. Kazakova Marhabo Qudratovna 
  22. Niyozqulov Mirjalol Baxtiyorovich

2015-2017 yillarda “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusida davlat granti bajarilgan. 

Kafedra qoshida “Modernizatsiyalashgan ta’lim texnologiyalari”nomli ilmiy-metodik seminar doimiy faoliyat olib boradi 

2017-yilda kafedra o‘qituvchilari tomonidan 2 ta monografiya chop ettirilgan. 

2018-yilning birinchi yarmida kafedra mudiri pedagogika fanlari doktori R.D.Shodiyev ilmiy rahbarligida kafedra a’zolari bo‘lgan Sh.R.Turdiyev, I.B.Kamolov va U.L.Yoziyevalar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun  dissertatsiyalarini himoya qildilar. 

Kafedra katta o‘qituvchisi Raxmatullayeva Shaxodat Ziyotovna O‘zbek tili  ixtisosligi bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 

2018-yilda dasturiy ta’minot buyicha intellektual mulk agentligidan 2 ta mualliflik guvoxnomasi olindi.

2018-yil kafedra mudiri prof. R. Shodiyev O‘zbekiston Respeblikasi Prezidentining 2018-yil 28-sentabrdagi farmoniga binoan “Shuxrat” medali bilan mukofotlandi.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________