0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar!

Yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga

muhabbat hamda sadoqat tuyg‘usini singdirish

yo‘lida o‘qituvchi va murabbiylarning xizmati beqiyosdir!

Sh.Mirziyoyev

2018-yil 29-sentabr kuni universitet faollar zalida 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni Qarshi davlat universiteti rektori, professor B.A.Shoimqulov tabrik so‘zi bilan ochib, barcha ustoz-murabbiylarni bayram bilan muborakbod etdi.

Tadbir mehmoni Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi E.Radjapov universitetda yoshlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylarni bayram bilan qutladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan  taqdirlangan Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, professor R.Shadiyevga ushbu yuksak mukofot va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tadbirida universitetda ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilgan va qilib kelayotgan bir qator professor-o‘qituvchilar universitet rektorining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Pedagogika fakulteti Musiqa ta’limi yo‘nalishi 1-bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan jonli ijrodagi bayram konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________