0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

O‘qituvchilarga ehtirom- millatga ehtirom demakdir!

2018-yil 28-sentabr kuni Universitet faollar zalida Ustoz va murabbiylar kuniga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy kecha bo’lib o’tdi.

Tadbir Tabiiy fanlar fakuleteti hamda universitet xotin-qizlar qo’mitasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani dots. B. Boysunov kirish so’zi bilan ochib ustoz va murabbiylarni qutlug’ sana munosabati bilan muborakbod etdi. Shundan so’ng fakuletetda o’z fidoiyligi, samarali mehnati va tashkilotchiligi bilan o’rnak bo’lib kelayotgan professor-o’qituvchilarga fakultet faxriy yorliqlari tarqatilib, esdalik sovg’alari topshirildi. Tadbir davomida so’zga chiqqan biologiya kafedrasi professori Sh. Qurbonov ustozlarni ardoqlagan shunday buyuk mamlakatda yashayotganligimizni o’zi bir baxt ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Ma’naviy-ma’rifiy kechada Qashqadaryo viloyat madaniyat markazi xonandalari o’z qo’shiqlari bilan yig’ilganlarni mamnun etdi.

Universitet Axborot resurs markazida 29-sentabr kuni 1-oktabr – ustoz va murabbiylar kuniga bag`ishlab, Ustozlarga ta`zim mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Fizika-matematika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy Ishlar bo`yicha dekan muovini N.G.Eshqorayeva, fakultet Murabbiylar Kengashi raisi B.E.Daminova, ARM ilmiy-uslubiy va davriy nashrlar bo`limi boshlig`I G.B.Eshonqulova, Matematika kafedrasi katta o`qituvchisi R.E.Abduraxmonova, Amaliy matematika va informatika kafedrasi o`qituvchilari I.Razzoqov, M.Musurmonova ҳамда 018-52, 018-53, 018-54, 018-55, 018-56 – guruh talabalatri ishtirok etishdi. So’zga chiqqanlar ko‘z nuri va qalb qo‘rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag‘ishlagan, bir so‘z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatini e’tirof etib, ularni 1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etishdi.

  

   

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________