0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Ilm – tafakkur xazinasining noyob durdonasi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 martdagi bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 9-bandida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 20-sentyabrdagi 795-sonli buyrug’i asosida

universitet rektorining 26-sentyabrdagi 671-I buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 3-oktyabr kuni Xorijiy tillar fakulteti faollar zalida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, guruh murabbiylari va talaba-yoshlar ishtirokida “O’zbekiston yoshlari buzg’unchi g’oyalarga qarshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari E.Boratov, N.Amirqulova, viloyat Musulmonlar idorasi Qarshi shahar Navo jome masjidi imom noibi Q.Xo’jayorov, universitet Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Jo’rayev, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M.Doniyeva kafedra o‘qituvchisi M.Shonazarovlar talaba-yoshlarning buzg’unchi g’oyalarga qarshi kurashishlari uchun avvalo ularda yot ta’sirlarga qarshi immunitetni shakllantirish, yoshlarni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash uchun terrorizm va ekstremizm tahdidlarini to’g’ri tushuntirgan holda ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlaridan asrab avaylash,  bunday buzg’unchi g’oyalarga qarshi kurashish uchun har bir inson o’qib-o’rganishi va shu yo’l  orqali bu jirkanch illatlardan xalos bo’lish mumkinligi tog’risida o’z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir so’ngida “Ilmdan boshqa najot yo’q” filmi namoyish etildi.

Tadbirda so‘z olgan talaba-yoshlar o‘tkazilgan tadbir ularga manzur bo‘lganligini, namoyish etilgan film ularni yanada o’qish va izlanishga chorlaganliklarini ta’kidladilar.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________