0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik – barqarorlik omili

2018-yil 2-noyabr kuni Xorijiy tillar fakulteti hamda Talabalar shaharchasi direksiyasi hamkorlikda 6-TTJ da “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari E.Boratov, N.Amirqulova, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Asadov, Talabalar shaharchasi direktori N.Pardaqulov, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri V.Jumanov hamda 6-TTJ tarbiyachi-pedagogi M.Karimovlar so‘zga chiqib, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida keltirib o‘tilgan xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga qaratilgan yo‘nalishning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, Xorijiy tillar fakultetida tahsil olayotgan talaba yoshlarning kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun o‘qish va izlanishlaridan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar tomonidan kerakli yordam ko‘rsatilishi xususida o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.    

Tadbirda so‘z olgan talaba yoshlar bo‘lib o‘tgan davra suhbati ularga manzur kelganligini, universitetda sifatli ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligini qayd etib o‘tishdi.

  

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________