0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Turkmaniston elchixonasi birinchi konsuli Shamuxammet Muxammedov va attashe Xandurdi Turayev Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurdi

O‘zbek va turkman xalqlarining tarixi va madaniyati mushtarak, urf-odat va an’analari o‘xshash. Ajdodlarimizning ilmiy-ijodiy merosi xalqlarimizning umumiy mulkiga aylangan.

Bu yaqinlik madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik rivojiga mustahkam asos bo‘lmoqda. Ikki davlat o‘rtasida kengayib borayotgan hamkorlik ilm-fan, ta’lim sohasida ham to‘la namoyon bo‘layotir. Ayni kunda Qarshi davlat universitetida 63 nafar qardosh xalqning o‘g‘il-qizlari tahsil olmoqda. Turkmanistonlik talaba yoshlarning sifatli ta’lim olishlari uchun universitetda barcha sharoitlar yaratilgan. Joriy yilning 6-noyabr kuni Turkmaniston elchixonasi birinchi konsuli Shamuxammet Muxammedov va attashe Xandurdi Turayev Turkmanistonlik talaba yoshlarning tahsil olish jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida universitetga tashrif buyurishdi. Tashrif dasturiga binoan elchixona vakillari universitetda tahsil olayotgan turkman talaba yoshlar bilan uchrashdilar. O‘zaro muloqot ko‘rinishida tashkil etilgan mazkur tadbir avvalida ikki davlat madhiyalari yangradi. Shundan so‘ng elchixona birinchi konsuli Shamuxammet Orazmammedovich Muxammedov so‘zga chiqib Turkmaniston Prezidentining joriy yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan samarali davlat tashrifi hamda uning yakunida erishilgan muhim kelishuvlar va bitimlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligiga yangi sur’at baxsh etib, uni amaliy mazmun bilan boyitgani, tashrif doirasida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida va axborot-kommunikatsiya sohalariga oid 15 hujjat imzolanganligi ta’lim sohasidagi hamkorlik rivojida muhim asos bo‘layotganligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Uchrashuvda Turkmaniston Prezidentining “Turkmaniston - buyuk ipak yo‘li yuragi” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazilib, Turkmaniston davlatining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti aks etgan hujjatli film namoyish etildi. Uchrashuv yakunida Qarshi davlat universiteti rektori, professor B.Shoimqulov elchixona vakillariga samimiy tashrif uchun tashakkur bildirib ko‘p millatli diyorimizda yoshlarni hamjihatlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash umumiy maqsadimiz ekanligini alohida ta’kidladi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________