0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

JONAJON O‘ZBEKISTONIM, MANGU BO‘L OMON!

B.A.SHOIMQULOV,

universitet rektori

Qadrli hamkasblar, aziz talabalar!

Yuksak faxr bilan ta’kidlashim joizki, Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma’no-mazmunini butunlay o‘zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo‘lib,

Vatanimizni, xalqimizni eski mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilgani, milliy demokratik davlat qurish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan teng bo‘lib, farovon hayot barpo etish yo‘lini ochib bergani bilan qadrli va mo‘tabardir!

Har yili ushbu muqaddas bayramni o‘zgacha gasht, o‘zgacha shukuh bilan qarshi olishga intilamiz. Xalqimiz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom, erkin, obod va farovon hayot qurish yo‘lidagi barcha yutuq va muvaffaqiyatlarimizning asosiy manbai bo‘lgan Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligini katta tayyorgarlik bilan kutib olish, bu qutlug‘ sanani uning mohiyati va ahamiyatiga, xalqimizning fidokorona mehnati, ezgu orzu-intilishlariga munosib tarzda nishonlash maqsadida bu yil ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi.

“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida o‘tayotgan bu yilgi bayram tantanalari barcha yurtdoshlarimiz qatori universitet jamoasini ham quvontiradi.

Bugun Vatanimiz istiqlolining 28 yilligi bayrami – Mustaqillik kuni bilan Siz azizlarni chin qalbimdan samimiy tabriklash baxtiga muyassar bo‘lganimdan qalbimda behad mamnunlik tuyaman.

O‘tgan 2018-2019 o‘quv yili ham universitetimiz jamoasi uchun katta yutuqlar, muvaffaqiyatli marralarga boy bo‘ldi. Hozirgi vaqtda universitetimiz jahon standartlari talablariga to‘la javob beradigan moddiy-texnikaviy bazaga ega. Professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan o‘nlab monografiya, risola, darslik va o‘quv qo‘llanmalarining nashr ettirilishi, mamlakatimiz va xorijning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilayotgan maqolalar hamda respublika va xorijiy miqyosda o‘tkazilayotgan anjumanlar ilmiy sohadagi yutuqlarimiz, pedagogik faoliyatimizning samarasi ekani barchamizni quvontiradi. Shuni unutmaslik lozimki, zimmamizda hali bundan ham mas’uliyatli vazifalar, hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar turibdi. Joriy yilda ham astoydil, sidqidildan mehnat qilib, yetuk kadrlar tayyorlashdek sharafli burchimizni ado etamiz va yanada ulkan yutuqlarga erishamiz.

Alohida e’tirof etish lozimki, joriy yilda oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining tashkil etilishi bo‘yicha hukumatimiz tomonidan olib borilgan islohotlar natijasida abituriyentlarning eng bilimli va zukkolari talabalar safiga qabul qilindi. Bu, albatta, quvonarli hol. Negaki, kelgusida mamlakatimizning barcha sohalardagi taraqqiyoti bugun saralab olingan bilimli yoshlar – kelajakdagi yetuk kadrlarning salohiyati bilan chambarchas bog‘liq.

Xususan, Qarshi davlat universitetida ham joriy yilda eng bilimdon yoshlarning talabalar safiga qabul qilinishi kelgusida universitetimizning ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy sohasida olib borilayotgan ishlarining samarasi o‘laroq, o‘zining ijobiy natijalarini beradi.

Universitetda tahsil olayotgan iqtidorli, bilimli va zukko talaba-yoshlarni aniqlash, tarbiyalash, ularning fan olimpiadalarida munosib o‘rinlarni egallashini ta’minlash, Davlat stipendiyalari va mukofotlariga tavsiya qilish hamda yuksak natijalarga erishishlarida universitet rahbariyati sizning sharafli mehnatingizga tayanadi va ishonch bildiradi.

2019-2020 o‘quv yili uchun qabul jarayonida universitetimizda o‘qish istagida hujjat topshirgan abituriyentlar soni respublikada yuqori o‘rinlarda turgani bu yerdagi ta’lim-tarbiya ishlariga ishonch nechog‘li yuqori ekanini ko‘rsatib turibdi. Bu Qarshi davlat universitetining obro‘-e’tibori yuksalib borayotganining yorqin dalilidir. Negaki, universitetimizda mazkur muammolarni hal etishga qodir malakali professor-o‘qituvchilar, salohiyatli olimlar, iste’dodli ijodkorlar va o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lgan xodimlar faoliyat yuritadilar. Biz birinchi navbatta, aynan ularning tashabbuskorligi hamda samarali mehnatlariga tayanamiz. Ishonamanki, yaqin kelajakda universitetimiz nafaqat Respublika, balki xalqaro reytingda ham o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ladi!

Qadrli hamkasblar!

Yana bir bor Sizlarni aziz va jonajon Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda 2-sentabr – Bilimlar kuni munosabati bilan muborakbod etaman. Sizlarga oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, mustahkam sihat-salomatlik, farovon hayot, ilmiy va murabbiylik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________