0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Universitet-talaba-ota-ona

Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida “Universitet-talaba-ota-ona” mavzusida kimyo yo‘nalishi 3-kurs talabalarining ota-onalari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Yig‘ilishni Tabiiy fanlar fakulteti dekani B.Boysunov kirish so‘zi bilan boshlab berdi. Tabiiyki har bir o‘quv yili davomida ikki tomon – ota-onalar va o‘qituvchilarda ta’limga oid turli savollar, taklif-mulohazalar va fikrlar paydo bo‘ladi. Buni anglagan o‘qituvchi vaqtni ortga surmay, darhol majlis tayin etadi. Zero, farzand tarbiyasini nazoratga olish, darsdagi ishtirokini faol yo‘lga qo‘yishda ana shunday uchrashuvlarning tez-tez o‘tkazilishi muhim sanaladi. Ochiq va samimiy ruhda tashkil etilgan muloqotda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor J.Shonazarov, universitet murabbiylar kengashi raisi X. Maxmanova, Tabiiy fanlar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Allanov, Kimyo kafedrasi mudiri L.Kamolov, kafedra professor-o‘qituvchilaridan Z.Qurbonova, L.Xolmurodova hamda talabalarning ota-onalaridan vakillar so‘zga chiqishdi. Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, farzandlarni barkamol etib tarbiyalashda oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar farzandi ta’lim-tarbiya olishini nazorat qilish bilan birga, bo‘sh vaqti qanday o‘tayotgani, nimalarga qiziqib, kimlar bilan hamfikr bo‘layotganini doimo nazorat qilib borishi davr talabiga aylanmoqda.

Tadbirda shuningdek, talaba-yoshlarni kiyinish madaniyati, odob-axloqi, ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, yangi kontrakt miqdori va stipendiyalar, ta’lim muassasalari rahbariyati va ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati, davomatni yaxshilashda ularning javobgarligini oshirish, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda ota-onalar va ta’lim muassasasi hamkorligining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq taklif va tavsiyalar ham aytib o‘tildi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________