0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Yangi tahrirdagi qonun loyihasi muhokama qilindi

Ma’lumki, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da

amalga oshirishga oid Davlat dasturida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish belgilangan. Mutasaddi vazirlik va idoralar mutaxassislari va ekspertlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasi ayni kunlarda jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Qarshi davlat universitetida ushbu qonun loyihasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Qarshi davlat universiteti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali professor-o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zMTDP fraksiyasi a’zosi O‘rol Hayitov ma’ruza qildi.

-Qonun loyihasining qabul qilinishi ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga, soha ishini tubdan takomillashtirish va ta’limni xalqaro hamjamiyat bilan uyg‘unlashgan holda olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, - dedi O‘.Hayitov. -  Fuqarolarning xorijda ta’lim olishi, chet elda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning tan olinishi, shuningdek, ilk bor mamlakatimizda butun umr ta’lim konsepsiyasining kiritilishi kabi masalalarning qonun loyihasi normalarida ilgari surilishi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradi.

Yangi tahrirdagi ushbu qonun loyihasi 12 ta bob, 73 ta moddadan iborat bo‘lib, amaldagi 1997 yilda qabul qilingan qonunning 34 ta moddasidan 33 tasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan hamda 39 ta yangi modda kiritilmoqda. Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashdan iborat.

Davra suhbatida professor-o‘qituvchilar tomonidan qator takliflar bildirildi. Deputatning e’tirof etishicha, bildirilayotgan mazkur takliflar qonun loyihasini maromiga yetkazish va takomillashtirishda e’tiborga olinadi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________