0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2019-yil 15-yanvarda tasdiqlangan

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23-sentabr sanasida Qarshi davlat universiteti faollar zalida Respublika Ma’naviyat va markazi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi hamkorligida “O‘zbekiston-millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda  qayd etilganidek, bag‘rikenglik o‘zbek xalqi ma’naviyati va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinadi. Bu, ayni paytda O‘zbekistonning barcha sohadagi islohotlarida ham o‘z aksini topgan. Xususan, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi yo‘nalishi aynan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga bag‘ishlangani mamlakat Prezidenti va hukumatining xalqaro hujjatlarda belgilangan umuminsoniy vazifalarga qaratayotgani yuksak e’tiborining namunasi hamdir. Davra suhbatida yurtimizda turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi ahil-inoqlik, hamjihatlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tinchlik-osoyishtalik, barqarorlikni saqlash yo‘lida olib borilayotgan oqilona islohotlar, amaliy chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. O‘ndan ortiq millat vakillari tahsil olayotgan Qarshi davlat universitetida ayni tadbirlarning o‘tkazilishi millatlaro do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashda, xalqimiz orasida diniy bag‘rikenglikni targ‘ib kilishda ko‘zlangan samarani beradi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________