0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Xalqaro ekspertlarni lol qoldirgan universitet talabasi festival g‘olibiga aylandi

Shu yilning 10-15 sentabr kunlari Qo‘qon shahrida birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali katta shodiyona tarzida nishonlandi.

Xalqaro hunarmandchilik festivalida barcha viloyatlar qatori Qashqadaryo viloyatidan ham 60 nafar hunarmand 23 yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishdi. Hunarmandlar orasida yaqinda  “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan  Qarshi davlat universiteti 1-bosqich talabasi, zargar Sharifjon Raupov ham bor. Hunarmand shu kunga qadar dunyoning eng nufuzli muzeylarida saqlanayotgan eng qadimiy milliy zargarlik buyumlarimizning 400dan ortiq turini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, yosh zargarning tinimsiz izlanishlari natijasida Amir Temur muhr-uzugi nusxasi yaratildi. Uning bu zargarlik ishi barcha festival qatnashchilari e’tiboriga tushdi hamda xalqaro ekspertlar tomonidan yuksak baholandi. U 78 mamlakat orasida “Eng yosh hunarmand” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi va 2000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Joriy yilda Sh.Raupov talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi. YA’ni, Qarshi davlat universitetining “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi. Bu mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan davlat siyosatining amaldagi ijrosidir.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________