0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

MASHAQQATLI VA SHARAFLI KASB SOHIBLARI

“O‘qituvchi va murabbiylar timsolida el-yurtimizning kelajagi, hayot-mamaotini hal qiluvchi, ta’lim hamda tarbiya sohasiga bamisoli  jon bag‘ishlayotgan qudratli kuchni ko‘ramiz!”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev

1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni! Shu kuni bizga saboq bergan, hayot so‘qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqamiz.

Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga maktabgacha ta’lim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o‘quv yurtida ustozlardan saboq olamiz. Ota-onalarimiz esa bu borada bizning bir umrlik yo‘ldoshimiz. Ularning o‘gitlari esa alohida mavzu. Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon. Bu bayram, avvalo, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.

Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini sochadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot  o‘qituvchidir.

Haqiqatdan ham, ko‘z nuri va qalb qo‘rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag‘ishlagan, bir so‘z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat-ehtirom hamda cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo‘ladi. Ustozlarimiz o‘giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo‘lmaymiz. Bu bilan ustoz va murabbiylarimiz oldidagi ilk burchimizni ado etgan bo‘lamiz. Inson, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Xalqimiz ustozlarni e’zozlab: “Ustozning umri  — mangu, chunki shogirdlar umri unga ulanadi”, — deydi. Ha, juda ham to‘g‘ri fikr. Ustoz shunday mo‘tabar zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir. Ustoz va murabbiy! Biz barchamiz yoshimiz, kasbu-korimizdan qat’iy nazar, bu so‘zlarni eshitganimizda ko‘nglimizdan faqat iliq fikrlaru yorqin xotiralar o‘tadi. Shu tobda ko‘z o‘ngimizda qo‘limizga qalam tutqazib, endigina ilm olamiga yetaklagan birinchi ustoz-muallim, qiynalib turganimizda masalaning tugunini yechishga yordam qilgan, birgina shu amali bilan umr bo‘yi yodimizda qolgan kishi gavdalanadi. Qalbimizda unutilmas iz qoldirgan qadrdon maktabimiz va uning bag‘rida kechgan beg‘ubor yillarimizni, bizga bilim bergan, insoniylik fazilatlarini o‘rgatgan mehribon o‘qituvchi va murabbiy-larimizni katta hurmat va ehtirom bilan eslaymiz.

Asilbek QODIROV,

Qarshi davlat universiteti

I bosqich magistranti,

Ulug‘bek Davlat stipendianti

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________