0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Til bilgan - el biladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashlash bo‘yicha

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qaroriga muvofiq Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti talabalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari o‘rtasida ingliz tili fani bo‘yicha hududiy olimpiada o‘tkazildi. Hududiy olimpiada o‘tkazishdan maqsad Qarshi davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti o‘rtasida hamkorlikni qilish, talaba va kursantlarni xorijiy tillarni o‘rganishini yanada takomillashtirish, o‘zaro musobaqalashuv muhitini yaritishdan iborat. Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti dekani f.f.f.d T. Valiyev tadbirni ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi. Tadbirda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini N.Suyarov, fakultet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan muovini N. Farmonov, Lingvistika kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Shukurova, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi F.Aminov, AQShlik o‘qituvchi Keyt Filips, Oliy harbiy Aviatsiya bilim yurti Ilmiy ishlar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Hikmatilla Do‘stmatov, ingliz tili fani o‘qituvchisi Ra’no Ergashevalar qatnashdilar. Hududiy olimpiada har ikki ta’lim muassasalarining ikki jamoasi o‘rtasida uch bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda kursant va talabalarning ingliz tilidan tinglab tushunish, o‘qish va grammatik kompetentligi tekshirildi. Ikkinchi bosqichda esa har bir guruhdan bittadan ishtirokchi insho yozish qobiliyati tekshirildi. Va nihoyat, uchinchi bosqichda jamoalar ingliz tili davlat tili hisoblangan beshta davlatdan birini tanlab olinib, prezentatsiya tayyorlashi va uni ingliz tilida yoritib bera olish qobiliyatlari tekshirildi. Hakamlar hay’ati a’zolari Z.Shukurova, F.Aminov, Keyt Filips va Ra’no Ergashevalar ishtirokchilarni adolat bilan baholab bordilar. Yakunda F.Aminov jamoalarning har bir bosqichda yo‘l qo‘ygan kamchiliklariga izoh berish bilan bir qatorda ilmlarini oshirish uchun tavsiyalar ham berdi va natijalarga ko‘ra Qarshi davlat universiteti jamoasini g‘olib deb e’lon qildi.

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________