0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

“Tafakkur” jurnali bosh muharriri Erkin A’zam bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, dramaturg, publitsist, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri Erkin A’zam bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunoslar, Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Qarshi davlat universiteti professori Nafas Shodmonov tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, Erkin A’zam ijodiy faoliyati haqida ma’lumot berdi. Erkin A’zam, o‘zi aytganidek, qisqalikni yaxshi ko‘radi. Qisqa, lekin soz yozadi. O‘ziga xos uslubga ega desak, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. To‘qima obrazlardan ko‘ra, real narsani yozishni odat qilgan. Bu esa o‘quvchining unga bo‘lgan ishonchini, qiziqishini yanada oshiradi. Haqiqatni aytishda kesatiq, biroz yumor, hazil va achchiq gaplardan ham foydalanadi.

Ijodiy muloqot jarayonida yozuvchi o‘zining dramalari, hikoya, qissalari, publitsistik asarlari xususida so‘z yuritdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ijodkorning har bir asarlarida vatanparvarlik, yurtga sadoqat, burch, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, insoniy fazilatlar, shukronalik tuyg‘ulari, o‘zbekona qadriyatlar mahorat bilan qalamga olinganligini e’tirof etdilar. Talabalar tomonidan berilgan savollarga  yozuvchi Erkin A’zam batafsil javob berdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________