0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Qarshi davlat universiteti faollar zalida Ijtimoiy fanlar fakulteti Iqtisodiyot va servis kafedrasi tomonidan 2019-yilning 15-may kuni

“O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda innovatsion yondashuvning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Anjumanni universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Y.Eshqobilov kirish so‘zi bilan boshlab berdi. Y.Eshqobilov o‘z nutqida iqtisodiyotda innovatsiyalarning ahamiyati va sohada professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Konferensiyaga respublikamizning turli oliy o‘quv yurtlaridan taniqli olimlar tashrif buyurib, o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, Samarqand davlat universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Nurali Arabov “Innovatsion faoliyatni investitsiyalashning asosiy yo‘nalishlari”, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professori Raxmatulla Ergashev “Innovatsion iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish masalalari”, Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot va servis kafedrasi dotsenti Gulbahor Erkayeva “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda raqamli texnologiyalarga o‘tish zaruriyati” mavzularida ma’ruza qilishdi.

Kunning ikkinchi yarmida konferensiya sho‘balar yig‘ilishlari ko‘rinishida davom ettirildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________