0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

“Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi yalpi yig‘ilishida 1994-yildan boshlab 15-may kunini-Xalqaro oila kuni deb belgilangan.

Bugungi kunda xalqaro oila kunini keng nishonlash mamlakatimizda ham an’ana tusiga aylanmoqda. Sana munosabati bilan universitet xotin-qizlar qo‘mitasi, universitet psixologi hamkorligida 2019-yil 14-may kuni “Oilalarda ijtimiy - ma’naviy muhitni barqarorlashtirish vazifalari” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni universitetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori J.Shonazarov kirish so‘zi bilan ochdi. Mamlakatimizda oila-muqaddas dargoh, nikoh esa buzilmas rishta hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi oilaga bag‘ishlangan. Shunindek, konstitutsiyaning 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega” deb mustahkamlangan.

Tadbirda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi boshlig‘i R.Zohirov “Oila mustahkamligini ta’minlashda oila instituti va hamkor tashkilotlarining o‘rni” mavzusida, viloyat yarashtiruv komissiyasi raisi S.Shovriqov “Oilaviy nizolar, ijtimoiy muammolarni kelib chiqish omillari” mavzusida, O‘zbekiston musulmonlar idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakilligi bosh mutaxassisi Sh.Karomova “Islom dinida oila muqaddasligi” mavzusida, universitet psixologi A.Husanov “Oilada shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” mavzusida, universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi dots. G.Uzoqova “Oila barqarorligini ta’minlashda  ayol ma’naviyatning roli” mavzusida ma’ruza qilishdi.

Yakunda tadbirda faol ishtirok etgan talaba-qizlar “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “Oila ensiklopediyasi”nomli kitoblar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________