0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Giyohvandlik asr vabosi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Giyohvandlikka qarshi kurashishda ma’naviy tadbirlarning ahamiyati beqiyos. Yoshlar o‘rtasida mazkur illatdan ogoh bo‘lish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida uchrashuv va seminarlar o‘tkazilib,

“zahri qotil”ning qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi keng tushuntirilmoqda. Navbatdagi tadbirlardan biri joriy yilning 15-may kuni Tabiiy fanlar fakulteti ma’ruzalar zalida Botanika va ekologiya kafedrasi tomonidan “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida tashkil etildi. Unda kafedraning professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda viloyat IIB vakillaridan mayor B.Qodirov, kapitan Z.Burxonov, katta leytenant E.Allayorov ishtirok etdi. Tadbirda kun tartibidagi mavzu yuzasidan kafedra professor-o‘qituvchilari va viloyat IIB xodimlari tomonidan ma’ruzalar tinglandi. Unda ta’kidlanishicha, giyohvandlik ko‘chasiga kirib qolish kishilarda turli xilda kechadi. Ba’zilar to‘qlikka sho‘xlik qilsa, boshqalar o‘zi bilmagan holda aldovlar natijasida uning qurboniga aylanadi. Ushbu illatga ruju qo‘yganlarning, ayniqsa, yoshlarning bu ajal girdobiga tushib qolishida ko‘pincha oiladagi muhit yoki bee’tiborlik sabab bo‘ladi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini bekor o‘tkazishi, ota-onalarning farzandini haddan tashqari erkalatishi va ular tarbiyasiga beparvoligi yuqorida keltirilgan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Farzandning sog‘-salomat dunyoga kelishi, unib-o‘sishi, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, eng avvalo, oila boshliqlariga bog‘liq. Bu borada mehribon ota-onalar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Demak, “Asr vabosi” deb ataluvchi giyohvandlikning oldini olish, unga qarshi kurashishga faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, jamiyatdagi har bir inson mas’ul. Maqsad esa, dunyoni giyohvandlik balosidan saqlash, insoniyat salomatligini asrashdir.

Ma’ruzalar mavzu yuzasidan savol-javob va qizg‘in munozaralarga ulanib, yig‘ilganlar zarur ijtimoiy-huquqiy bilimlarga ega bo‘lishdi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________