0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Sayyor dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 19-martda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayoni 10-bandida belgilangan topshirig‘i hamda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 13-apreldagi 340-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan ta’lim muassasalarda, muzeylarda, tegishli joylarda sayyor dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, Ijtimoiy fanlar fakulteti 1- va 2-kurs talabalari uchun joriy yilning aprel oyida sayyor dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. 25-26 aprel kunlari Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo‘lib o‘tgan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘qituvchilar J.Ko‘charov, Sh.To‘rayev, B.Karimov hamda G‘.Karomov tomonidan o‘tkazildi. Dars mashg‘ulotlarida mustaqillik yillarida O‘zbekistonda madaniy hayot, me’morchilik san’ati va uning ma’muriy va madaniy binolar, ularning badiiy konstruktiv yechimida o‘z ifodasini topishi, “Turkiston saroyi”, “Temuriylar tarixi Davlat muzeyi”, “Imom Buxoriy”, “al Farg‘oniy”, “Xotira va qadrlash”, “Shohidlar xotirasi” va boshqa me’moriy obidalarning qurilish uslublari va ko‘rinishi, shuningdek, qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarining tashkil etilishi, qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini o‘rganish, ilmiy-ijodiy merosini to‘plash hamda mustaqillik uchun kurashgan ota-bobolarimiz ruhlarini shod etish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar ta’kidlandi. Amaliy dars jarayonida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Talabalar muzeydagi mavjud boy eksponatlar tanishib, o‘z bilimlarini yanada boyitishdi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________