0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Ezgu tashabbuslar farovonlikka yetaklaydi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19-mart kuni o‘tkzilgan videoselektordagi,

yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Ushbu tashabbuslarning uchinchisi  aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish tashabbusi asosida Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasida yo‘l xaritasi tuzilgan. Shunga ko‘ra, joriy yilning 16 may kuni Tabiiy fanlar fakulteti ma’ruzalar zalida yoshlarni internetdagi tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan “Butun jahon o‘rgimchak to‘ri qurbonlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Biotexnologiya va Biologiya ta’lim yo‘nalishi 1- va 2-kurs talabalari va ularning guruh rahbarlari J.SHerqulova, Z.Zubaydova, M.Nasriddinova, M.Sharopova, R.Choriyev, O.Shukurov, G.Suyunova, E.Eshonqulov qatnashdi. Davra suhbatini Mikrobiologiya va biotexnologiya” kafedrasi mudiri b.f.n B.Xo‘jamqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar tomonidan aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan bolalarni to‘g‘ri yo‘naltirib, ularni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, xalqaro terrorizm va ekstrimizmning “Al-Qoida”, “Hizbut-tahrir”, “Hamas” kabi yirik tashkilotlarining tahdidlari, internet tarmog‘ida ham o‘zlarining mafkuraviy maydonlarini yaratib, umumjahon kompyuter tarmog‘ida keng qamrovli axborot terrorini, "muqaddas urush" - "elektron-jihod"ni olib borayotganliklari, ayni paytda, globallashuv sharoitida, dunyo mamlakatlarining oldida axborot xavfsizligini taminlash muammolarini keltirib chiqarayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Davra suhbatida mavzu doirasida yoshlar tomonidan yo‘llangan savollarga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha javob berildi.


________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________