0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi” va “Bilimlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi joriy yilning 4 sentabr kuni Qarshi davlat universitetida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida “O‘zbekiston respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi” va “Bilimlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet professor o‘qituvchilari, talaba yoshlar, ularning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori, professor B.A.Shoimqulov ochib berdi. Universitet rektori o‘z so‘zida xalqimizning azaliy orzusi, milliy o‘zligimizni teran his qilish, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lmish istiqlolning ahamiyati, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish shu tabarruk zaminda yashayotgan har bir fuqaroning burchi ekani ta’kidlab, yig‘ilganlarni yangi o‘quv yili bilan samimiy qutladi. Shundan so‘ng g‘urur va iftixor timsoli sanalmish O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Mazkur tadbirda yig‘ilganlarni qutlash uchun universitet professori N.Shodmonov, “Nuroniy jamg‘armasi” viloyat bo‘limi rahbari Y.Inoyatov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E.Rajabov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi O‘roz Haydar, talaba-yoshlar nomidan magistratura mutaxassisligi O‘zbek tili yo‘nalishi 2-bosqich magistranti Sh.Bobojonova, Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo‘nalishi 1-bosqich talabasi N.Aliyevlar so‘zga chiqishdi. Tadbirda universitet “Ziyo sadolari” badiiy jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar ko‘ngliga yanada xushnudlik baxsh etdi. Shundan so‘ng barcha talabalar mustaqillik darslarini o‘tishlari uchun belgilangan auditoriyalarga chorlandi. Shu kuni universitet faollar zalida universitet rektori, prof.B.Shoimqulov tomonidan ilk bora talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan talaba-yoshlar uchun mustaqillik darsi tashkil etildi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________