Talabalar fan olimpiadasi g‘oliblari magistraturaga kirish imtihonlarida mutaxassislik fanlaridan maksimal ball olish huquqiga ega bo‘ladi.

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 
Ko'rishlar soni: 151

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalari tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga kiritilayotgan asosiy yangiliklardan biri talabalar fan olimpiadasi respublika bosqichi g‘oliblariga g‘olib bo‘lgan fan bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi guvohnoma taqdim qilinadi.

Guvohnoma ikki yil muddat davomida amal qilishi ko‘zda tutilgan.

✅ Talabalar, soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillari quyidagi manzilda Qaror loyihasi yuzasidan o‘z takliflarini bildirishlari mumkin:

http://cc.uz/16418

Hurmatli talabalar, fan olimpiadalarini o‘tkazish bo‘yicha Sizda takliflar bormi, marhamat, muhokamalarda faol qatnashing.

Muhokamalar shu yilning 16 noyabriga qadar davom etadi.

Manba: www.edu.uz