Hamkorlikdagi tadbirlar ko‘zlangan samarani beradi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 
Ko'rishlar soni: 87

Qarshi tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari 10-11-sinf rahbarlari va maktab psixologlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qarshi Davlat universiteti pedagogika kafedrasidan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent O.Haydarova, katta o‘qituvchi Y.Ismoilova, kafedra o‘qituvchisi N.Xo‘jayorova, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i B.Jo‘rayev, ta’limni tashkil etish bo‘limi mutaxassisi H.Zulfiqorov, Qarshi tuman xalq ta’limi bo‘limi psixologi D.Suyunov, Qarshi tuman IIB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limidan kapitan Rashid Choriyev qatnashdi. Kun tartibida bitiruvchi sinf o‘quvchilarini oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash jarayonida sinf rahbarlarining vazifalari, o‘quvchi yoshlarni destruktiv oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish bo‘yicha huquq - tartibot organlari, jamoat tashkilotlari va xalq ta’limi tizimi hamkorligining dolzarb muammolari: holati, huquqiy meyoriy asoslari, istiqboli, o‘smirlik davrida uchraydigan salbiy xususiyatlarni bartaraf etishning psixologik omillari kabi masalalar ko‘rildi. Tadbirda Qarshi Davlat universiteti Pedagogika kafedrasidan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent O.Haydarova, kafedra katta o‘qituvchisi Y.Ismoilova, Qarshi tuman IIB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limidan kapitan R.Choriyevlar so‘zga chiqishdi. Ma’ruzachilar tomonidan har bir masala aniq mohiyati keltirilgan holda bayon etildi. Jumladan, bitiruvchi sinf o‘quvchilarini oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash jarayonida ota - onalar va maktab o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilar orasidan notinch oila, ota-onasi diniy oqimga moyil bo‘lgan oila, ota-onasi chet elga ishga ketgan oila farzandlari va tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar ro‘yxatini olish va ular bilan aloxida ish olib borishni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida fan va ijodiy to‘garaklar faoliyatini kuchaytirish maqsadga muvofiq bo‘lishi aytib o‘tildi.