0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Talaba yoshlar OITSga qarshi kurashadilar

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Joriy yilning 28-noyabr kuni Tabiiy fanlar fakulteti Zoologiya va fiziologiya kafedrasi va biologiya yo‘nalishi 019-124-guruh talabalari tomonidan 1-dekabr - “OITS ga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan

“Talaba yoshlar OITS ga qarshi kurashadilar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirni Tabiiy fanlar fakulteti dekani dots. B.Boysunov kirish so‘zi bilan ochib berdi. B.Boysunov o‘z so‘zida hozirgi kunda asr vabosi deb nom olgan OITS xastaligi inson sog‘ligi uchun tobora xavf solayotganligi va biz undan o‘zimizni asrashimiz uchun tibbiy madaniyatga ega bo‘lishimiz va uning salbiy oqibatlari haqida keng omma ichida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishimiz zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng talabalar tomonidan tayyorlangan yoshlarni sog‘lom turmush tarziga chorlovchi she’r va qo‘shiqlar ijro etildi. Xushovoz xonanda Murodulla Xidirov tomonidan jonli ijroda kuylangan vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar, ayniqsa mavzuga oid namoyish etilgan sahna ko‘rinishi tadbir tomoshobinlarida katta taassurot qoldirdi. Tadbirda tashkillashtirilgan viktorina savollari zalda o‘tirgan talabalarning  OIV va OITSga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishga yordam berdi. Tadbir so‘ngida faol talabalar Tabiiy fanlar fakulteti va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________