
Joriy yilning 30-noyabr kuni Qozon federal universitetining 215 yillik yubileyiga bag‘ishlangan zamonaviy matematika muammolariga doir xalqaro ilmiy seminar o‘z ishini boshladi.
Seminar N.I.Lobachevskiy nomidagi matematika va mexanika institutida bo‘lib o‘tmoqda. “Beskonechnomerniy analiz i kvantovaya strukturi” sho‘basida 8 nafar olimlarning ilmiy ma’ruzalari tinglandi. SHo‘ba yig‘ilishida O‘zR FA Matematika instituti direktori, akademik Sh.A. Ayupov “Differensirovaniye na operatornix algebrax” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza olimlar va ekspertlar tomonidan yuqori baholandi. Shuningdek, Qozon federal universitetining N.I.Lobachevskiy nomidagi matematika va mexanika instituti direktori prof. YE.A.Turilova ma’ruza qildi. Qarshi davlat universiteti matematiklari prof. Y.X.Eshkabilov, f.m.f.d. A. Xolmuradov va f.m.f.d. A.Imomov xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etdi. Seminar dasturiga ko‘ra, QarDU mutaxassislari 3-dekabr kuni ilmiy ma’ruza qilishadi. 2-dekabr kuni Qozon federal universitetida N.I.Lobachevskiy nomidagi “Fundamental va amaliy matematika sohasidagi buyuk xizmatlari uchun” medali va mukofotni takdim etish uchun rasmiy marosim bo‘lib o‘tadi. Ushbu marosimda ishtirok etish uchun QarDU olimlarining taklif etilishi quvonarli holdir.