0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Qarshi shahridagi “Muruvvat” internat uyida Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Nemis tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi.

Bayram tadbiriga jam bo‘lgan bolajonlarni Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Alisher Mahmudov tabriklab, Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda  amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning samaralari, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarimiz tantanasi haqida  so‘z yuritdi.

Bayram ishtirokchilariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari  taqdim etildi. Tadbir bolajonlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

 

Tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchilari Z.Zubaydova, M.Sharopova, E.Eshonqulov boshchiligida bir guruh talaba-yoshlar Qarshi shahar 17-sonli ixtisoslashgan maktab internatiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni maktab direktori X.Karimova, Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor muovini Z.Ro‘ziyev hamda tarbiyachi-pedagoglar kutib olishdi.

Bugungi kunga kelib dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida, ya’ni yetti kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud. Shularning 100 milliondan ortig‘ini bolalar tashkil etadi. Demak, safimizdagi imkoniyati cheklangan bolalarni har tomonlama teng huquqliligini ta’minlash, qadr-qimmatini himoya qilish barchamizning chin insoniylik burchimizdir.

Tashrif chog‘ida tarbiyalanuvchi bolalarga bayram dasturi namoyish etilib, har xil turdagi o‘yinchoq sovg‘alar ulashildi. 

 

Xayr-sahovat, insonparvarlik va muruvvat xalqimizga xos ulug‘ an’ana. Ayniqsa, ko‘ngli o‘ksik insonlarga mehr ko‘rsatish, qalbini quvonchga to‘ldirish savobi ulkan amallar sirasiga kiradi. “3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari M.Meyliyeva, X.Murodova, Z.Saidova fakultet talaba-yoshlari bilan birgalikda Qarshi shahri 33-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurishdi. Bayram uchun tayyorlangan badiiy dastur o‘zgacha kechdi. Tadbir yakunida qalblari bir olam mehrga va orzu-umidga to‘liq shirindan-shakar bolajonlarga talaba-yoshlar turli shirinliklar va sovg‘alar ulashishdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________