0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Matbuot kotibi

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Yusupov Oybek Tulayevich

2018 yil 21 iyuldan: Qarshi davlat universiteti matbuot kotibi

Telefon: +99894 333-09-13

E-mail: oybekyusupov@umail.uz

1. Matbuot kotibi Oliy ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda OTM deb ataladi)ning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita OTM rektori (direktor)ga bo‘ysunadi.

2. Matbuot kotibi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Matbuot kotibi o‘z faoliyatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, OTMning tarkibiy bo‘limlari hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Matbuot kotibining asosiy vazifalari va funksiyalari

4.Quyidagilar matbuot kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda OTM raxbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;

keng jamoatchilikni OTM faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, OTMda ommaviy tadbirlarni tashkil qilish;

OTMning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resusrlarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda OTM tarkibidagi bo‘limlardagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

OTM faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida OTM rektori (direktor)ga axborot berish;

OTMning faoliyat sohasiga aloqador mantli, foto, audio va video materiallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

5. Matbuot kotibi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajaradi:

OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi, shuningdek, ularning veb-saytlarda, hamda kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish hamda yangilab borishni ta’minlaydi;    

OTM rahbarlari ishtirokida tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o‘tkazadi;

OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda, shu jumladan, elektron shaklida axborot taqdim etadi;

OAVga taqdim etish uchun zarur bo‘lgan axborotni OTMning  boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi;

OTM faoliyatga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi;

OTM veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritilishini ta’minlaydi;

OTM faoliyati yoritilgan materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;

OTM faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

6.Matbuot kotibi o‘z vakolatlari doirasida milliy axborot agentliklari hamda OAVning OTM faoliyatga to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.

Matbuot kotibining huquqlari va javobgarligi

7. Matbuot kotibi o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega:

Matbuot kotibi vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni OTM tarkibidagi bo‘limlaridan  belgilangan tartibda so‘rab olish;

OTMning yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;

qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun OTM rektori (direktori) bilan kelishgan holda OTM bo‘limlari xodimlarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar mutaxassislari va malakali ekspertlarini jalb etish;

rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda Matbuot kotibi vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha OTM nomidan vakillik qilish;

OTMning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Matbuot kotibi faoliyati masalalari bo‘yicha normativ xujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun kiritish;

8. Matbuot kotibi:

O‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi; 

OTMga tegishli bo‘lmagan axborotlarni tarqatish qonunda belgilangan tartibda javobgarlik belgilanadi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________