0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Universitet rektori v.v.b. prof. L.Yoziyevning O‘zbekiston Respuplikasi mustaqillik kuni munosabati bilan tadbirda so‘zlagan nutqi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Aziz hamkasblar, qadrli talabalar! O‘zbekiston deb atalmish jannatmonand yurtimizda qo‘shaloq bayramlarning shohidimiz. Bular bir-biridan kelib chiqadigan xamda bir-birini to‘ldiradigan yurtimizni mustaqillik bayrami va bilimlar kuni bayramidir.

            Tarixni dolg‘ali zamonlarida hudud talash, mol-mulk talash, toj-taxt talash orqasidan insoniyat ko‘plab bosqinchilik urushlarini ko‘p boshidan kechirgan. Shu sababli dunyoning barcha mamlakatlarida mustaqillik bayramlari nishonlanadi. Bizda nishonlanayotgan ushbu bayramning o‘ziga xos jihatlari bor. Birinchidan uni xalqimiz juda uzoq kutgan. Ikkinchidan esa g‘alabaga muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning shijoati bilan  qon to‘kmasdan evolyutsion yo‘l bilan erishilgan. Tarixchilarning guvohlik berishicha xalqimiz 3000 yillik davlatchilik tarixining atigi 875 yilida mustaqil yashagan, xolos.

            Siz va bizning, aziz hamkasb va talabalar, xayotimiz yurtimizning mustaqilligida kechayotganligidan cheksiz faxrlanishimiz kerak.  Mustaqillik esa barcha orzu-umidlarimizni ruyobga chiqarish imkoniyatini berdi. Har yilning 1-sentabrini bilimlar kuni sifatida bayram sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.

            23 yillik mustaqillik davrida  100 yillarda erishish mumkin bulgan  yutuqlar qo‘lga kiritildi. Avvalo Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mutlaqo yangi tipdagi davlat yaratildi, uning davlatchilik siyosati ishlab chiqildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridagi og‘ir iqtisodiy ahvoldan mamlakatni olib chiqildi.

Bugun O‘zbekiston iqtisodi mustahkam, uzoq istiqbolni ko‘zlab rejalar tuzayotgan, dunyo hamjamiyati oldida o‘z nufuziga ega mustaqil davlatdir. Ayrim raqamlarga e’tiboringizni tortmoqchiman. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz aholisi 10 mln kishiga o‘sib, bugun yurtimizda salkam 31 mln kishi istiqomat qiladi. Shu davrda mamlakat iqtisodi 4.1 barobar, aholining o‘rtacha ish haqi 14 barobar, yalpi daromadi esa 9 marta oshdi.

2008 yilda boshlangan iqtisodiy krizisning haligacha asorati saqlanib qolgan bir paytda dunyodagi mamlakatlarning fakat ayrimlaridagina YAIMni o‘sishi kuzatildi. Eng quvonarlisi  bizning jonajon O‘zbekistonimizda  YAIMning o‘sishi 8% dan pastga tushmadi. Bundan 2400 yil muqaddam Aristotel har qanday narsaning qiymati uni taqqoslaganda ko‘rinadi, deb aytgan edi. Ushbu ko‘rsatkichni boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda O‘zbekistonning dunyo hamjamiyati o‘rtasidagi o‘rni yaqqol ko‘rinadi. Masalan, iqtisodi rivojlangan va Yevropa Ittifoqida salmoqli o‘rinlardan birini egallab turgan Latviyada YAIMning o‘sishi 3,8%ni tashkil qiladi.  Bu o‘z navbatida O‘zbekistonda keng ko‘lamdagi yaratuvchilik ishlarini olib borish imkoniyatini bermoqda. Ittifoq davrida mamlakatimizda 42 ta OO‘YU bo‘lib, shulardan uchtasi universitet maqomiga ega bo‘lgan. Bular ToshDU, SamDU, NukDU. Hozir bizda 20 ta universitet, 2 ta akademiya, 40 ta institut, jami 62 ta OO‘YU faoliyat ko‘rsatadi. Xorijiy ta’lim muasasalari va filiallar bilan qo‘shib hisoblaganda bugun yurtimizda 78 ta, ya’ni  ittifoq davridagiga qaraganda salkam 2 barobar ko‘p OTM faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 287 ming nafar talabalar tahsil oladilar. Bu 2000 yilga nisbatan 1.5 barobar ko‘p, demakdir.

Bugun yurtimizda 9779 ta umumta’lim maktablari bor. 2004-2009 yillarda ularning 8500 tasi qayta qurildi yoki kapital ta’mirlandi. Davlat budjetining 59% ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan. Dunyoning bironta mamlakatida bunday ko‘rsatkich yo‘q. Ta’limga yo‘naltirilgan harajatlar davlat budjetini 35% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Shuning natijasida Jahon intelektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqlari biznes-maktablaridan biri – “INSEAD” tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra inson kapitali taraqqiyoti darajasi bo‘yicha O‘zbekiston 141 ta mamlakat o‘rtasida 53-o‘rinda, ta’lim tizimini rivojlantirishga yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha esa 5-o‘rinni egallaydi.

Aziz talabalar. Siz bugun Respublikamiz janubidagi eng yirik o‘quv maskanlaridan biri bo‘lgan Qarshi davlat universiteti talabasi, degan sharafli nomni qo‘lga kiritdingiz. Men Sizlarni universitet bilan qisqacha tanishtirmoqchiman. Ushbu ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining Farmoniga muvofiq 1992 yil Qarshi davlat pedagogika instituti bazasida tashkil qilingan. Uning tarkibida 7 ta fakultet va 28 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 500 dan ortiq professor o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Ularning 174 nafari fan nomzodi, dotsentlar, 14 nafari fan doktori professorlar. Ilmiy salohiyat 37% ni tashkil qiladi. Bu respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichga teng. Talabalarning umumiy soni 5534 nafar, ulardan 104 nafari magistrlar.

Yakunlangan o‘quv yilida universitet professor o‘qituvchilari tomonidan 680 ta ilmiy maqolalar, shulardan 32 tasi chet ellarda, 9 ta monografiya, 5 ta darslik, 556 ta o‘quv uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. Joriy yilda umumiy qiymati 200 mln so‘mlik 3 ta grant loyihasi bajariladi. Shuningdek, umumiy qiymati 500 ming dollarga teng 2 ta xalqaro loyihalarni bajarishda hamkorlik qiladi.

Universitetda mavjud 7 ta talabalar turar joylarida 1048 nafar talabalar istiqomat qiladi. Ularning ovqatlanishi uchun 550 o‘ringa ega 2 ta oshxona, 310 o‘rinli 3 ta bufet, sport bilan shug‘ullanishlari uchun 2 ta yopiq sport zallari va 2 ta ochiq stadion mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 mayidagi PQ-1533-sonli qarori Qarshi davlat universiteti uchun Siz ko‘rib turgan 1500 o‘rinli o‘quv korpusi binosi, yangi yopiq sport zal qurib berildi va 300 o‘rinli ARM binosi va universitet xiyobonini qurilishi yakunlanish arafasida. Bulardan tashqari 5 ta talabalar turar joyi, 230 o‘rinli o‘quv  binosini mukammal ta’mirlash ishlari  tugallanib foydalanishga topshirildi. Keyingi yillarda Qarshi davlat universitetida salkam 40 mlrd so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari bajarildi va u davom etmoqda.

2015 yil Davlat manzilli dasturiga yangi stadion qurilishi, tashqi muhandislik tarmog‘i (kanalizatsiya, ichimlik suvi ta’minoti, yong‘inga qarshi gidrantlar, obodonlashtirish va universitet hududini o‘rash)ni rekonstruksiyasi ishi rejalashtirilgan. 

Xullas, Qarshi davlat universitetida talabalarning o‘qishi, unda ta’lim tarbiya jaryonini to‘laqonli olib borilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shunga mos ravishda talabalarimiz Respublikadagi turli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda.

Universitet talabalaridan 5 kishi sportning turli sohalari bo‘yicha xalqaro musobaqalarda 7 marta g‘olib bo‘lishdi. Bular: erkin kurash bo‘yicha Turdiyev Jahongir (Osiyo chempionati), dzyu-do bo‘yicha Bo‘tayev Muhiddin (Sloveniyadagi Xalqaro turnir), kurash bo‘yicha Saidov Rustam (Gretsiyadagi I.Karimov turniri), bel olib kurashish bo‘yicha Suyunov Odil (Erondagi Osiyo chempionati, Polshadagi Jahon chempionati, Qirg‘izistondagi Xalqaro turnir), kurash bo‘yicha Temirova Dilfuza (Turkiyadagi Jahon chempionati);

- 2014 yilgi Respublika Fan olimpiadasida universitet talabalaridan 3 kishi g‘olibni qo‘lga kiritdi. Bular: kimyo bo‘yicha Nurmatov Bobur,  pedagogika bo‘yicha Ibodullayeva Umida, nemis tilidan Yovqochdiyev Yahyo.

- O‘tgan o‘quv yilida universitet tarixida birinchi marta nemis tili yo‘nalishi talabasi Nodirova Maftuna Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini qo‘lga kiritdi. Bir vaqtning o‘zida u iqtidorli talabalar o‘rtasida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasini ham qo‘lga kiritganligi sababli ayni paytda Jahon tillari universiteti qoshidagi magistraturaga grant asosida talabalakka qabul qilindi. Ana shunday sobiq talabalarimiz magistraturani tamomlagach biz ularni o‘zimizda ishlashga taklif qilamiz. O‘tgan o‘quv yilida shundaylardan    2 nafari, bu yil esa 3 nafarini universitetda ishga qabul qildik.

- O‘tgan yili universitetda umumiy qiymati 97 mln so‘mlik 2 ta loyiha granti bajarilar edi. Ularning soni joriy yilda 3 taga, umumiy qiymati 200 mln so‘mga yetkazildi. Shuningdek, 1 ta xalqaro grant bajarilar edi. Ayni paytda ularning soni 3 taga, umumiy qiymati 500 ming dollarga yetkazildi.

- Yangi o‘quv korpusini ishga tushirishi munosabati bilan 105 ta yangi rusumdagi kompyuter, 20 ta elektron doska, 15 ta 3x1, 5 ta 4x1 kompyuter jamlanmasi keltirildi. 51 mln sumga universitetdagi barcha o‘quv korpuslari va yotoqxonalar optik tolali internet tarmog‘iga ulanishi va Wi Fi zonasini tashkil qilish ishlari boshlandi.

Aziz hamkasblar va talabalar. Men so‘zimni islom dunyosida Muhammad Payg‘ambardan keyingi ikkinchi shaxs, deb tan olingan yurtdoshimiz, hadisshunos Imom al Buxoriyning “Agar sen bu dunyoda yaxshi yashashni xohlasang - savdogar bo‘l, agar sen u dunyoda yaxshi yashashni xohlasang - taqvador bo‘l, agar sen ikki dunyo saodatiga erishaman desang, ya’ni ham savob, ham ro‘zg‘or tebrataman desang ilmli bo‘l”, degan so‘zlari bilan yakunlamoqchiman.

E’tiborlaringiz uchun rahmat, men hammalaringizni qo‘shaloq bayramlar bilan yana bir marta tabriklab, Siz azizlarga tinch totuvlik, sog‘lik va salomatlik tilayman.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________