0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Iqtidorli talabalar bilan ishlash

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Universitetda iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘quv yili boshida bo‘limning yillik ish rejasi tasdiqlangan.

Barcha fakultetlarda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar tayin-langan bo‘lib, rejaga ko‘ra iqtidorli talabalarning yangi tarkibi shakllantirilgan. Universitet bo‘yicha 553 nafar iqtidorli talaba bilan ishlash uchun 242 nafar professor-o‘qituvchilar biriktirilgan. Mutaxassis tayyorlovchi kafedralar qoshida talabalar uchun fan to‘garaklari tashkil etilgan. 2018 yilda “Fan, taraqqiyot va yoshlar” ilmiy-amaliy konferensiyasida iqtidorli talabalar tomonidan 367 ta ilmiy maqola, “Ilm-fan va innovatsiya” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida universitet professor-o‘qituvchilar hamda magistr talabalari tomonidan 65 ta ilmiy maqolalar nashr qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 apreldagi 301-sonli buyrug‘i asosida universitetda 2018 yilning 2 apreldan 25 aprelgacha bo‘lib o‘tgan “Respublika Talabalar Fan olimpiadasi”ning I bosqichi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaning I bosqichini o‘tkazish uchun 152 nafar professor-o‘qituvchilardan iborat Tashkiliy qo‘mita tuzildi. Uning tarkibi Qarshi davlat universiteti rektori prof. B.Shoimqulov tomonidan tasdiqlandi. Olimpiada tarkibiga kiritiladigan umumkasbiy va mutaxassislik fanlari test sinovi, yozma ish, og‘zaki va laboratoriya ishi topshiriqlari tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqildi.

Talabalar fan olimpiadasining I bosqichi uchun ishlab chiqilgan test topshiriqlari, yozma ish variantlari, amaliy topshiriqlar va baholash mezonlari “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari” asosida yaratilgan, amaldagi o‘quv dasturiga mazmunan mos kelishiga e’tibor qaratildi. Tashkiliy qo‘mita tomonidan I bosqichning adolat mezonlari asosida tashkillashtirilishi ta’minlandi.

Fan olimpiadalari 14 ta umumkasbiy fanlaridan va 20 ta mutaxassislik fanlaridan bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaga 152 ta professor-o‘qituvchilar tashkiliy qo‘mita a’zolari sifatida, 154 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy rahbar sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, jami 223 nafar talaba ishtirokchi sifatida qatnashdi.

Shundan 34 nafar talaba Fan olimpiadasining II bosqichida mutaxassislik va umumkasbiy fanlar bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ulardan tabiiy fanlar fakulteti, geografiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ashirov Shohruh Azamat o‘g‘li geografiya (mutaxassislik) fani bo‘yicha 1-o‘rinni, физика-математика fakulteti, амалий математика ва информатика yo‘nalishi 2-kurs talabasi Shonazarov Muminniyoz Shomurod o‘g‘li “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha 3-o‘rinni va pedagogika fakulteti, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 2-kurs talabasi Maxmanazarova Maftuna Pirnazar qizi “Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Universitet iqtidorli talabalari orasida 2017-2018 o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari va Davlat stipendiyalariga tanlovning 1-bosqichi o‘tkazildi. Unda barcha tashkiliy ishlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 87-02-1424-sonli modemogrammasiga binoan olib borildi. E’lonlar o‘z vaqtida barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fakultetlarga yetkazildi. Fakultet dekanlari tomonidan a’lochi, jamoatchi va dunyoqarashi keng talabalarning nomzodlari tavsiya etildi. Tanlovda ishtirok etishni xohlab hujjat topshirgan 20 nafar iqtidorli talaba O‘zbekiston tarixi, informatika va axborot texnologiyalari va chet tili (ingliz, fransuz) fanlaridan 100 balli tizimda sinovdan o‘tkazildi. Universitet rektorining buyrug‘i asosida tuzilgan imtihon komissiyasi tomonidan sinov imtihonlarini o‘tkazish jarayonida adolatlilik prinsiplariga qat’iy amal qilindi. Sinovda yuqori natija ko‘rsatgan “Chet tillar” yo‘nalishi bo‘yicha 1 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga, 9 nafar talaba esa Davlat stipendiyalari Respublika bosqichida ishtirok etish uchun saralab olindi va ularning hujjatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi komissiyaga taqdim etildi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________