0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

«Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarini mushohada qilish zaruriyati

Kishilik jamiyati rivojining shaxs ma’naviy qiyofasiga ta’siri barcha zamonlarda turli mutafakkirlar va mutaxassislar tomonidan bisyor o‘rganib kelingan. Chunki insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyoti bilan shaxs ma’naviy qiyofasi o‘rtasida o‘ziga xos dialektik aloqadorlik mavjud. Biroq bu dialektik aloqadorlik turli zamonlarda turli tarzda namoyon bo‘ladi. O‘z iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy-madaniy xususiyatlariga ko‘ra mutlaqo o‘zgacha fenomenal jarayon bo‘lmish hozirgi zamon sivilizatsiyasi sharoitida mazkur bog‘liqlik nihoyatda yorqin namoyon bo‘lmoqda.

Yangi asr arafasida jahon iqtisodiy xo‘jaligi tarkibi tubdan o‘zgardi. Fan va texnika taraqqiyoti yangi bosqichga qadam qo‘ydi. Fan va texnikaning qudratli taraqqiyoti bir tomondan informatsion jamiyatning shakllanishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan yangi tendensiya – globallashuv jarayonini yuzaga keltirdi. Shuningdek, madaniy taraqqiyot bobida ham misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan, ommaviy madaniyatning rivojlanib borayotgani shaxs ma’naviy dunyosiga beqiyos ta’sir o‘tkazmoqda. Globallashuv va madaniyat olamidagi o‘zgarishlar XXI asr arafasiga kelib uch qutbli dunyoning shakllanishiga zamin yaratdi. Ushbu jarayonlar shaxs ma’naviy qiyofasi xarakterining, hayotiy qadriyatlari va ideallarining, ijtimoiy mavqeining o‘zgarishiga, qator ijtimoiy illatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Buning ustiga, XXI asr boshlariga kelib shaxs ma’naviy qiyofasiga tahdid soluvchi omil va vositalar miqdori ko‘payib ketdi. Shaxs ma’naviy olami uchun kurash turli siyosiy kuchlar faoliyatining asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. Shu munosabat bilan mamlakatimiz rahbari o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday deb yozadi: “Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, mtarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumba-shariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.”

Yuzaga kelgan vaziyatda ma’naviyatning o‘ziga xos qonuniyatlarini o‘rganish, yoshlar ma’naviy qiyofasining shakllanishi bilan bog‘liq muammo-larni tadqiq qilish alohida ahamiyatga ega. Bu borada “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari qimmatli manba vazifasini o‘taydi. Binobarin, mazkur asarning mazmunini tahlil qilish, uning yoshlar ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sirini o‘rganish dolzarb ahamiyatga molik masaladir.

Bugungi kunda “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ilgari surilgan konseptual g‘oyalarni yanada teranroq anglab yetish uchun, fikri-mizcha, quyidalarga alohida e’tibor bermoq darkor:

Ma’naviyatning insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbai ekanligi haqidagi yurtboshimiz mulohazalarini umumlashtirish.

Asar asosida mustaqillik yillaridagi ma’naviy yuksalish jara-yonini tahlil qilish.

Bugungi kunda yoshlarimizning ma’naviy tahdidlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish zaruriyati kuchayayotganligini anglab yetish.

Asarning ma’naviy jasoratga undovchi omil ekanligini uqib olish.

Asarning yuqoridagi metodologik pozitsiyadan mushohada qilinishi unda ilgari surilgan g‘oyalarni yanada mufassalroq ilg‘ab olish imkonini beradi.

                                                                       Sanjar CHORIYEV,

                                                                            professor

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________