0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

SAYYOHLIK XIZMATINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI

         Milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uning barqaror rivojlanib borishida moddiy va nomoddiy tarmoq hamda sohalar bevosita ishtirok etadi.

         Nomoddiy sohalardan biri turizm – sayyohlik bo‘lib, mustaqillik yillarida bu sohani barqaror rivojlantirish va aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishda alohida e’tibor berilib kelinmoqda.

         O‘tgan 2014 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida aholiga xizmatlar ko‘rsatishning hissasi 53 foizdan 54 foizga ko‘paygani ko‘rsatib o‘tilgan. Respublikaning hududlarida turizmni rivojlantirishga tashkiliy, hududiy va moliyaviy sharoitlar yaratib berilgan va ustuvor vazifalar darajasiga ko‘tarilgan.

         O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasidagi faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha 1999 yil 20 avgustda “Turizm to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, sohaga oid eng muhim masalalar, institutlarning huquqiy asoslari, fuqarolarning turizm sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlari belgilab berilgan, qonunda 30 dan oshiq normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 497-sonli qaroriga asosan “Turistik faoliyatni litsenziyalash” to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan, 2004 yil 28 iyulda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 360-sonli qarori qabul qilingan.

         Ushbu hujjatlar asosida 2009 yil 2 noyabrda viloyat hokimligi tomonidan turizmni rivojlantirish, 2015 yilga qadar Qashqadaryo hududida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

         Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 1 noyabrdagi 294-sonli qarori bilan “Qashqadaryo viloyatida 2013-2015 yillarda turizm sohasini rivojlantirish Dasturi” tasdiqlangan. Madaniy meros obyektlarini saqlash va foydalanish borasida ushbu hujjatlar hududda turizmni rivojlantirishga real imkoniyatlar va huquqiy asoslar yaratib bermoqda.

         Mustaqillikning dastlabki yillarida viloyatda 2 turistik tashkilot faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi kunda viloyatda 24 ta turistik tashkilot aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Xizmat ko‘rsatayotgan sayyohlik tashkilotining 3 tasi davlat korxonasi, 21 tasi xususiy korxonalardan iborat.

         Mavjud 21 ta mehmonxonalar ichida “Gissarneftgaz” MCHJ qo‘shma korxonasiga tegishli mehmonxona hamda “Jahon Mashhur Visola” MCHJ ga qarashli “Hayot” mehmonxonalari 4-yulduzli toifasiga egadir. Hududda 7 ta mehmonxona 3-yulduzli toifasi maqomida sayyohlik xizmatini amalga oshiradi. Xususan, Qarshi shahridagi “Nasaf-Trevel”, “Afsona”, “Sarbon”, “Grand Lyuks”, “Sokin Plaza” mehmonxonalari, Dehqonobod tumanidagi “Real Komfort” mehmonxonasi, Shahrisabz shahridagi “Shahrisabz yulduzi” mehmonxonasi shular jumlasidandir.

         Viloyat hududida 1164 ta madaniy meros obyektlar mavjud bo‘lib, ularning 917 tasi arxeologiya yodgorliklari, 173 tasi arxitektura yodgorliklari, 20 tasi diqqatga sazovor joylar, 54 tasi haykaltaroshlik yodgorliklaridan iborat.

         O‘tgan 2014 yilda sayyohlarga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4978,4 million so‘mni tashkil etgan, xizmatdan foydalangan sayyohlar 55500 nafarni tashkil etgan. Turli xizmatlardan foydalangan 52857 ta fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, qolgan 2643 nafari xorijiy mamlakatlar fuqarolaridir. Chet ellik sayyohlarga ko‘rsatilgan eksport xizmatlaridan tushgan mablag‘ 221,5 ming dollarni tashkil etgan. Qarshi shahrida 2009 yilda viloyatda xorijiy sportchilar ishtirokida avtoralli o‘tkazilgan, 2011 yilda veloturizm yo‘nalishi bo‘yicha “Buyuk ipak yo‘li” doirasida Italiyalik turistlar guruhi Qarshi-Shahrisabz shaharlariga turistik sayohatga kelganlar va tarixiy yodgorliklar bilan tanishganlar. Strategik yo‘nalishlardan biri viloyatda ko‘plab xalqaro musobaqalar uyushtiriladi va qatnashchilarga turistik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha sharoitlar yaratib beriladi. Masalan, 2011 yil OFK kubogi doirasidagi uchrashuvda “Nasaf” va “Quvayt SK” jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuv, 2012 yil may oyida kurash bo‘yicha Amir Temur sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro turnirida ko‘p sonli xorijlik mehmonlar qatnashganlar va ularga namunali xizmat ko‘rsatilgan.

         “Qashqadaryo viloyatida 2013-2015 yillarda turizm sohasini rivojlantirish Dasturi”ga asosan 101,8 million dollar mablag‘ hisobiga 167 ta chora-tadbirlar va loyihalarini amalga oshirish, xususan 43 ta tarixiy-madaniy obyektlarni qayta tiklash, 24 ta yangi mehmonxona qurish va 5 ta mavjudlarini qayta ta’mirlash natijasida turistik xizmatlar hajmi 2012 yilga nisbatan 15 barobarga oshirilgan va eksport hajmi 1,4 martaga ko‘paytirishga erishilgan.

         O‘tgan 2014 yilda hududning “Achinko‘l” suv havzasi turistlarga sayyohlik xizmati ko‘rsatilishi va dam olishlari uchun qulay bo‘lganligi sababli, bu suv havzasi atrofida dam olish maskani va uning infrastrukturasini yaratish maqsadida 12 kishiga mo‘ljallangan mehmonxona qurilgan. Bu joyda xorijlik sayyohlar baliq ovlash, motorli qayiqda suzish, o‘tovli oromgohlar o‘rnatish bilan shug‘ullanadilar. Mehmonxonada hordiq chiqarishga tegishli bo‘lgan sharoitlarni mavjud qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mobil aloqa markazi, quyosh batareyalari, ichimlik suv havzasi, oshxona, 2 ta kater tayyorlab berilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda sayyohlarni avtomobillarini saqlash uchun maxsus to‘xtash joylari ham xizmat ko‘rsatishga tayyorlanib berilgan.

         “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Respublika ilmiy o‘quv konsalting markazi tomonidan 2014 yilda “Daryo va avtomobil transporti” agentligida “Turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va sanitar madaniyat” mavzusida trening-seminar bo‘lib o‘tgan va unda 40 nafar transport kompaniyalari qatnashgan.

         Hududda strategik yo‘nalishlar dasturini amalga oshirish va turizmni izchil rivojlantirib borish bo‘yicha 1994-2014 yillar mobaynida an’anaviy Xalqaro turizm yarmarkasi o‘tkazilgan va unda har yili hududning turistik tashkilotlari Xalqaro turistik yarmarkada ishtirok etib, tarixiy-madaniy merosni targ‘ib qilish, viloyatning turistik imkoniyatlarini namoyish qilish, uni rivojlantirish, milliy brend salohiyatini yanada ko‘tarish borasida horijlik turistlarga hududning tabiiy-geografik joylashuvi, bu yerda yashovchi aholining tarixi, urf-odatlari va an’analarini o‘zida mujassam etgan stendlar namoyish etilgan, viloyatdagi tarixiy obidalar hamda hududning turistik imkoniyatlari haqida ma’lumot beruvchi reklama bukletlari, broshyuralar, roliklar ko‘rsatilgan va ularga tarqatib berilgan, turizm xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ko‘plab shartnomalar va bitimlar tuzilgan.

         Viloyatda nafaqat O‘zbekistonda, shuning bilan bir qatorda dunyo mamlakatlarida tan olingan, qadimgi sivilizatsiya beshiklaridan biri bo‘lgan va jahonga A.Temur va boshqa ko‘plab tarixiy shaxslarni yetkazib bergan Shahrisabz shahrida juda ko‘plab tarixiy obidalar saqlanib qolishi bilan bir qatorda eng so‘lim va bahavo joylardan biridir. Shu sababli Shahrisabz shahridagi tarixiy yodgorliklarni qayta tiklash, shahar markazidagi xiyobonlar va ko‘chalarga ham zamonaviy, ham o‘tmish bilan o‘zaro uyg‘unlashadigan ko‘rk berish maqsadida O‘zbekiston-Fransiya hamkorligida Oqsaroyning mozayiklarini konservatsiyalash uchun hamda turli qurilish asbob-uskunalari, jihozlariga sarf qilinadigan 5842 ming yevro miqdoridagi harajat mablag‘lari rasmiylashtirilgan va Fransiyadan kelgan ishchilar guruhiga laboratoriya ishlarini bajarish uchun 100 kv.m joy ajratib jihozlab berilgan.

         Shahrisabz shahrini to‘liq qayta qurish va uni rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan loyiha smeta hujjatlari tayyorlangan, loyihada belgilangan ishlarni bajarishga dastlab 40 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

         Viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishda, yalpi hududiy mahsulotni barqaror o‘sishini ta’minlashda turizm-sayyohlik xizmatlari ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar hissasi bir muncha salmoqlidir. Xususan, 2015 yilning yanvar-avgust oylarida viloyat bo‘yicha turistlarga ko‘rsatilgan jami xizmatlar hajmi 4524432,1 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, olingan foyda 568083,4 ming so‘mni tashkil etgan, xizmat ko‘rsatilgan sayyohlar soni 44,062 kishidan iborat bo‘lgan. Jumladan, MDH mamlakatlaridan 827 nafar, horijiy mamlakatlardan – chet ellik turistlardan 1895 nafar kishilarga sayyohlik xizmatlari ko‘rsatilgan.

Xullas, turizm sayyohlik istiqbolli sohalardan biri sifatida hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, uni rivojlantirish dolzarb ustuvor vazifa hisoblanadi hamda uzluksiz rivojlantirishga moddiy va moliyaviy imkoniyatlar yaratib berilishi tufayli iqtisodiyotning barqarorligi, uning jadal sur’atlar bilan o‘sishi, aholining ish bilan band bo‘lishi, daromadlarning ko‘payishi kishilarning ehtiyojlarini har tomonlama ta’minlab borishda alohida iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir.

  
                                 
prof. N.Uzoqov, (QarDU)

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________