0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Bayramingiz muborak bo‘lsin munis ayollar va dilbar qizlar!

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Insoniyat yaralibdiki, xotin-kizlar ulug‘lanib kelinadi. Negaki, ayol - eng avvalo onadir, onalar borligi uchun Yer yuzida hayot davom etayapti. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, dastlab qadimgi Rimda xotin-qizlar bayrami nishonlangan. 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni esa o‘n to‘qqizinchi asrning oxirlaridan boshlab nishonlana boshladi. Bu bayram xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va maishiy sohalardagi huquqlarini himoya qilish borasida erishgan eng katta yutuqlaridan biridir. Bugungi kunda 8 mart Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuni, deb e’lon qilingan. Istiqlol yillarida yurtimizda ayollar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Har yili bayram munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimiz xotin-qizlariga bayram tabrigi yo‘llaydi. Unda, xotin-qizlarning turli jabhalarda erishgan yutuqlari, ular uchun yaratilayotgan katta imkoniyatlar, shart-sharoitlar e’tirof etiladi.

Ayol - nafosat va go‘zallik timsolidir.  Bugun onalarimiz, opa-singillarimiz siyosiy hayotda ham faol, senator, deputat, vazir, hokim, tashkilot rahbari, ilm so‘qmoqlarida ixtirolar yaratayotgan olima, madaniy merosimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan san’atkor, xalqimiz baxtini tarannum etayotgan adiba, yangi avlodning oila murabbiysi, xullasi kalom, har biri yurtning fidoyisidir!

Aziz ayollar! Sizlarni 8 - mart Xalqaro Xotin - qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga uzoq umr, sihat - salomatlik, baxt, omad tilaymiz. Oilangizga tinchlik hotirjamlik, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Xech qachon ko‘zingizdan yosh oqmasin. Zero ayolni qadrlagan inson, uning ko‘zidan hech qachon yosh oqishiga yo‘l qo‘ymaydi va bunga harakat qiladi!

 

Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga, 

Bahor kabi beg‘ubor mushtipar ayol. 

Bo‘ling doim salomat siz baxtimizga, 

Siz bilan hayot shirin, shirindir hayol.

                                                    

 

Universitet rektori, professor   B.A.Shoimqulov

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________