0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI O‘ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkiliy qo‘mitasining

A X B O R O T   X A T I

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F-sonli Farmoyishi bilan 2019 yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlar rejasi tasdiqlangan. Unga ko‘ra QarshiDU “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi tomonidan 2019-yil 18-may kuni «O‘zbekiston tarixi fani va ilmiy tadqiqotlaridagi innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etishning dolzarb masalalari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balar tashkil qilinishi rejalashtirilgan:

  1. Milliy-madaniy qadriyatlar va tarixiy meros masalalariga yangicha metodologik yondashuvlar.
  2. Ilmiy-amaliy tadqiqotlardagi innovatsiyalarni O‘zbekiston tarixiga joriy etilishi.
  3. Bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash – O‘zbekistonda ustuvor vazifa.
  4. Yosh avlodni ilmiy –tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish masalalari.
  5. Tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari (yangi tadqiqotlarda).
  6. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati masalalari: innovatsion yondashuvlar.

KONFERENSIYANING RASMIY TILI: o‘zbek va rus tillari.

Anjumanda professor-o‘qituvchilar, tadqiqot institutlari va ilmiy muassasa xodimlari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiya ishida ishtirok etuvchilar o‘z maqolalarini 2019-yilning 27-aprelga qadar Qarshi davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasiga yuborishlari so‘raladi.

 

MAQOLALARNI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI:

  • Maqola birinchi sahifasining yuqoridan o‘rtasida bosh va qalin harflarda maqolaning nomi, 2-qator  bo‘sh qoldiriladi, 3-qatorda muallifning familiyasi, ismi, sharifi, 4-qatorda muallifning ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, bog‘lanish uchun telefon raqami, 5-qator bo‘sh qoldiriladi va 6-qatordan maqola matni havola etiladi.
  • Maqolaning oxirgi sahifasida anjumanning qaysi yo‘nalishiga yuborilayotgani ko‘rsatilishi shart. Maqolada havola (snoska)lar, foydalanilgan adabiyotlar va manbalar  maqolaning oxirgi sahifasida berilishi lozim.
  • Ma’ruzalar matni Times New Roman va 14 o‘lchamdagi shrift kattaligida, 3-4 sahifadan kam bo‘lmagan hajmda, 1,5 intervalda yozilishi kerak.
  • Ma’ruza matnini joylashtirishda sahifaning chegaralari quyidagi tarzda belgilanadi: yuqori va pastdan 2 sm, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm.
  • Ma’ruzalar 1 nusxada qog‘oz va elektron varianti Word-2010 formatda taqdim etiladi. Fayl nomi muallif familiyasi bilan bosh harflarda nomlanishi lozim.
  • Anjuman materiallarini chop etish xarajatlari uchun har bir betiga o‘n besh ming (15000) so‘m miqdorida badal puli to‘lanadi. To‘lov naqd yoki plastik karta orqali pul o‘tkazish shaklida qabul qilinadi. +99891 450-02-57 telefon raqami orqali to‘lov pulining kimga? va qancha? to‘langanligini aytish shart. 

Klik tizimi orqali to‘lov

8600 3329 3481 6582

Tashkiliy qo‘mitaga kelib tushgan ilmiy materiallar konferensiya mavzusiga, dolzarbligiga mos ravishda tanlanadi va yozilish qoidasi hamda yuborilgan sanasiga qarab qabul qilib olinadi. Konferensiyaning barcha talablariga javob beradigan materiallar to‘plam shaklida chop etiladi. 

Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi: Qarshi davlat universiteti, O‘zbekiston tarixi kafedrasi 

Manzil: 730003, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ 17, Qarshi davlat universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi, III-qavat, 332-xona.

 

Ma’sullar: Hasanov Akram    +99890 616-42-33      е-mail:  akramhasanov@bk.ru

Abdullayeva Feruza    +99891 450-02-57                 е-mail:  lady.faichka@list.ru

 

Tashkiliy qo‘mita

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________