0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

NAVRO‘Z – YANGILANISH, YASHARISH, TINCHLIK VA MEHR-OQIBAT, AYYOMI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Muhtaram professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar, qadrli ishchi-xizmatchilar!

Fasllar kelinchagi bo‘lmish bahorning ilk oyini xalqimiz o‘zgacha shukuhda o‘tkazadi. Chunki bu oyda barcha orziqib kutadigan go‘zal va dilbar ayyomlar – Xalqaro xotin-qizlar kuni va Navro‘zi olam yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. Shu qutlug‘ lahzalarda qadrli jamoamizni farahli ayyomlar bilan qutlash menga olam-olam g‘urur va iftixor baxsh etadi.

Shuni faxr bilan aytishim mumkinki, universitetimizda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar timsolida yurtimiz kelajagining yaratuvchilari, jonkuyarlari va fidoyilarini ko‘raman. Bugungi kunda o‘qiyotgan, murabbiylik qilayotgan, ilm bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarda, chindan ham, o‘zbek ayolining go‘zallik va nafosat, ezgulik va fidoyilik kabi olijanob insoniy fazilatlari mujassam ekaniga aminman.

Munis onalarimiz, muhtaram ayollarimiz, opa-singillarimiz, aziz qizlarimizni xalqimiz azal-azaldan qadrlab, ularga ehtirom va mehribonlik nazari bilan qarab keladi. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Jumladan, Prezidentimizning 2019 yil 7 mart kuni qabul qilingan “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston taraqqiyoti, xalq farovonligini oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, oilalarni mustahkamlash borasidagi munosib xizmatlari uchun bir guruh xotin-qizlar Vatanimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan mukofotlanishi so‘zimizning yaqqol dalilidir.

Ayni kunlarda yurtimizning qay bir go‘shasiga bormang, bayramona ruh, bayramona kayfiyat hukm surmoqda. Mehnatsevarlik, tinchlikparvarlik, bunyodkorlik hissi bilan yashayotgan xalqimiz aziz va mo‘tabar bayramlardan biri hisoblangan Navro‘z shodiyonalarini ko‘tarinki ruh bilan qarshilamoqda. El-yurtimizdagi aziz insonlar bir-birlarini qutlab, dala va qirlar, bog‘ va maydonlarda Navro‘z bayramini shodu xurramlik bilan nishonlamoqdalar. Doshqozonlarda sumalaklar pishirib, dasturxonlarga bahor ne’matlarini tortib, sayil-tomoshalar qilmoqdalar.

Navro‘z tabiat va insoniyatning o‘zaro uyg‘unligi, el-ulus qalbida yaratish, bunyodkorlik hislarini o‘zida mujassam etgan eng qadimiy va sevimli, haqiqatan, umumxalq bayrami sifatida qadrli, har bir xonadonga shodu xurramlik olib kirishi bilan aziz va suyuklidir.

Navro‘zni ming yillar davomida o‘zining chuqur mazmun-mohiyati va falsafasi bilan hayotimizda alohida o‘rin olgan, yasharish va yangilanish pallasi, sharqona yilboshi sifatida ardoqlaymiz. Bu go‘zal pallada tabiat uyg‘onishi, olamning rangin tusga kirishidan qalbimiz pok niyatlarga to‘lib, butun vujudimizda ezgu sa’y-harakatlar jo‘sh uradi.

Navro‘z insonlarning ko‘ngil rishtalarini bir-biriga mustahkam bog‘lovchi, dillarni dillarga payvand etuvchi, birodarlik hissini junbishga keltiruvchi ulug‘ ayyomdir. Ta’kidlash joizki, o‘zaro mehr-oqibat, saxovat va muruvvat ko‘rsatish, tabarruk keksalarimizni yo‘qlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar o‘tkazib, yurtimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlarimiz Navro‘zning fayziga yanada fayz qo‘shmoqda.

Navro‘z shodiyonalari ona yurtimizda asrlar davomida shakllangan saxovatpeshalik, ona tuproqqa mehr tuyg‘ularining tantanasi, bir yillik bunyodkorlik ishlarining debochasidir. O‘zaro mehr-oqibat, saxovat va muruvvat ko‘rsatish, tabarruk keksalarimizni yo‘qlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar o‘tkazib, yurtimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlarimiz Navro‘zning fayziga yanada fayz qo‘shmoqda. Ulug‘ ayyom arafasida amalga oshirilayotgan ana shunday xayrli ishlarda universitetimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelayotganlari barchamizni quvontirmoqda.

Qadrli universitet jamoasi! Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan Siz azizlarni chin qalbimdan muborakbod etaman va eng samimiy tilaklarimni izhor qilaman. Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin! Sizlarga,  barcha yaqinlaringizga quvonch va shodlik, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, farovon hayot, ilmiy-pedagogik va ijodiy faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo‘lishiga tilakdoshman!

Navro‘zi olam, barchamizga muborak bo‘lsin!

B.A.SHOIMQULOV,

universitet rektori

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________