Kafedra mudiri: Mahmudov Alisher Yo’ldoshevich
Telefon: (+99893) 422-31-11
Elektron manzili: alischer2473@umail.uz
Kafedra haqida
1965 yili Qarshi davlat pedagogika institutida Xorijiy tillardan yuqori malakali mutaxassislar tayorlash maqsadida ingliz, nemis filologiyasi bo’limlariga talabalar qabul qilina boshlandi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim berish uchun va Respublikamiz janubidagi ilmiy salohiyatni (nemis tili va adabiyoti bo’yicha) birlashtirish uchun xorjiy tillar kafedrasi bazasidan nemis filologiyasi mustaqil kafedra sifatida 1967 yilda ajralib chiqdi.
Kafedraga 1970-1972 yillarda katta o’qituvchi Sh.Abdunazarov, 1973 yildan 1975 yilgacha katta o’qituvchi L.Kojenkova, 1976 yildan 1990 yilga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Elmurodovlar rahbarlik qilganlar. Kafedraga 1990 yildan 2009 yilga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent G’.Xo’jayev, 2009 yildan 2014 yilgacha filologiya fanlari nomzodi, dotsent K.Marqayevlar mudirlik qilgan. 2015 yildan boshlab katta o’qituvchi A.Maxmudov mudirlik qilib kelmoqda.
Kafedrada 2 nafar dotsent, 5 nafar katta o’qituvchi va 18 nafar assistent o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 10%.
Kafedra professor–o’qituvchilari Respublikamiz va xorijiy davlatlar tomonidan e’lon qilingan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, grant sovrindorlari sifatida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim maskanlarida o’z malakalarini oshirib qaytdilar. 2010 yilda dotsent G.Xo’jayev, katta o’qituvchi A.Mahmudov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Iste'dod" jamg'armasi granti sohibasi bo'lib Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay universitetida, shuningdek katta o’qituvchi A.Maxmudov Germaniyaning Myugelzee ta’lim markazida, 2011 yilda A.Axmedov Berlin Gyote institutida, 2013 yilda kafedra o’qituvchilaridan Sh.Kuvanova Germaniyaning Shvebish Hal Gyote institutida, N.Mahmudova Berlin Gyote institutida o’z malakalarini oshirib qaytdilar.
Kafedra Germaniyaning DAAD, Gyote instituti Toshkent filiali bilan muntazam hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan bo’lib, ular bilan hamkorlikda tashkil etilgan turli mavzudagi seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqda..
Kafedra katta o’qituvchisi M.S.Qiyomovaning 5-sinflar uchun yaratilgan nemis tili darsligi, o’qituvchilar uchun metodik qo’llanmasi yana qayta nashr etildi va oliy o’quv yurtlarining nofilologik fakultet talabalari uchun yaratilgan ”Deutsch” nemis tili darsligi yaratildi. Kafedra katta o’qituvchisi Sh.Kuvanovaning abituriyent loyihasi bo’yicha ”Nemis tilidan leksik minimum” o’quv qo’llanmasi, test to’plami, ”Nemis tili grammatikasidan universal qo’llanma”, ”Nemis tili ma’lumotnoma”, ”Nemis tilida qo’shma gaplar tahlili”, "Nemis tili grammatikasidan universal qo'llanma", "Nemis tili fanidan mukammal qo'llanma" kabi o’quv qo’llanmalari nashr etildi. Kafedra o’qituvchilaridan A.Maxmudovning ”Lessing ijodida Sharq madaniyati talqini” monografiyasi, A.Mahmudovning ”Nemischa-o’zbekcha tematik lug’at” o’quv qo’llanmasi, K.Marqayev va N.Maxmudovalar hamkorlikda yaratgan uch tilli ”Sprichworter, Пословицы, Maqollar” qo’llanmasi, N.Ishanqulova hamkorlikda chop ettirgan nofilologik fakultetlar talabalari uchun yaratilgan ”Nemis tili” darsligi, Yu.Raximova, M.Shirovalarning filologiya fakulteti talabalari uchun yaratilgan ”Deutsche Topics” qo’llanmasi, dotsent G’.K.Xo’jayev va o’qituvchi Sh.Ashurovaning ”Deutsch” nomli o’quv qo’llanmasi bugungi kunda kafedradagi ilmiy, ilmiy-uslubiy islarning yuqori saviyada olib borilayotganligidan darak beradi.
Kafedra Respublikamizdagi qator oliy o’quv yurtlarining turdosh kafedralari, O’zbekiston Milliy universiteti, OzDJTU, SamDCHTI bilan ilmiy, ilmiy uslubiy sohalarda hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.
M.S.Qiyomovaning 2011 yil ”Noshir” nashriyotida chop etilgan ”Deutsch” nemis tili darsligi 2014 yilda e’lon qilingan ”Yilning eng yaxshi darslik muallifi” nominatsiyasi bo’yicha 2- o’rinni olishga muvofiq bo’ldi.
Nemis tili yo’nalishi IV-kurs talabasi Shaxnoza Nazarova ”A.Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi” sohibasi bo’ldi. III- kurs talabasi Yovqochdiyev Yahyo Germaniyada bir oylik stipendiyali o’qish grantini qo’lga kiritdi va o’qib sertifikat olib keldi. Nemis tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi Kuvanova Shahnoza tarjimonlik bo’yicha Gernaniyada o’tkazilgan seminarlarda ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra ilmiy yo’nalishi: “Nemis tilshunosligi, adabiyotshunosligi va o’quv uslubiyati”.
Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar:
5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (nemis tili) yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlaydi. Mazkur yo’nalish bo’yicha hozirda 90 nafar talaba tahsil olmoqda.
Kafedrada o'qitiladigan fanlar:
Bakalavriat
- Asosiy o‘rganilayotgan til. (Til ko‘nikmalari integratsiyasi)
- Asosiy o‘rganilayotgan til. (O‘qish va yozish amaliyoti)
- Asosiy o‘rganilayotgan til. (Til amaliyoti aspektlari)
- Tilshunoslik
- Til nazariyasi
- Adabiyotshunoslik
- Nazariy fonetika
- Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari
- Diskurs analiz
- Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi I
- Asosiy o‘rganilayotgan til
- Leksikologiya
- O‘rganilayotgan til filologiyasiga kirish
- Mamlakatshunoslik
- O‘rganilayotgan til tarixi
- Stilistika va matn tahlili
- Adabiyot nazariyasi
- Tili o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti (Nemis adabiyoti)
- Nemis tili o‘qitish metodikasi
- O‘qituvchi nutq madaniyati
- Umumiy tilshunoslik
- Qiyosiy tipologiya
- O‘rganilayotgan til nazariy grammatikasi
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti
- Ikkinchi chet tili
- Nemis tili.(Fakultetlararo)
Magistratura
- Amaliy chet tili
Kafedra professor-o'qituvchilari tarkibi:
- Xo‘jayev G‘ulom Kamolovich f.f.n.dotsent.
- Marqayev Komil Sherqulovich f.f.n. katta o’qituvchi
- Mahmudov Alisher Yo‘ldoshevich kafedra mudiri, kat. o’qituvchi
- Qiyomova Mahbuba Sultonovna kat. o’qituvchi
- Rahimova Muyiba Temirovna kat. o’qituvchi
- Kuvanova Shahnoza Omonovna kat. o’qituvchi
- Ahmedov Anvar Botirovich kat. o’qituvchi
- Mahmudova Nigora Baxromovna o’qituvchi
- Rahimova Yulduz G‘aniyevna o’qituvchi
- Muqimova Dilafruz Sherboyevna o’qituvchi
- Ashurova Shahnoza Shovkatovna o’qituvchi
- Aymatova Gulchehra Bozorovna o’qituvchi
- Ro‘ziyeva Julyetta Elmurodovna o’qituvchi
- Nazirova Ulg‘uza Nasriddinovna o’qituvchi
- Eshmurodov Ural Xo‘janovich o’qituvchi
- Murtozayev Elyor Nizomiddinovich o’qituvchi
- Murodova Taxmina Baxtiyorovna o’qituvchi
- Omonov Shuxrat G’aniyevich o’qituvchi
- Shirova Madina baxtiyorovna o’qituvchi
- Niyozova Munira Jumanazarovna o’qituvchi
- Isayeva Gulora Faxriddinovna o’qituvchi
- Polvonova Ra’no Mamatqulovna o’qituvchi
- Bozorov Orif Chamanovich o’qituvchi
- Yo’ldosheva Vohida Naraovna o’qituvchi
- Nodirova Maftuna Rustamovna o’qituvchi
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:
Kafedra katta o’qituvchisi A.Axmedov Samarqand davlat chet tillar instituti professori N.A.Bushuy ilmiy maslahatchigida “Hozirgi nemis tili leksikasida innovatsion jarayonlar”, A.Maxmudov Samarqand davlat chet tillar instituti professori M.Xolbekov ilmiy rahbarligida “G.E.Lessing ijodida G’arb va Sharq voqyeligining tavsifi (qiyos va tarjima)” mavzusida, Sh.Kuvanova Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori X.Raximov rahbarligida “Nemischa-o’zbekcha leksikografiya tarixi, tahlili va tasnifi” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Kafedrada tayyorlanadigan ilmiy-uslubiy ishlar:
- A.Mahmudov - “G.E.Lessing ijodida Sharq madaniyati talqini” nomli monografiya
- A.Mahmudov - ”Nemischa-o’zbekcha tematik lug’at” o’quv qo’llanma
- G.K.Xo’jayev/Sh.Ashurova – “Deutsch” o’quv qo’llanma
- Sh.Quvonova - ”Nemis tilida qo’shma gaplar” o’quv qo’llanma.
- Sh.Kuvanova - “Nemischa-o’zbekcha o’quv lug’at” o’quv qo’llanma.
- M.Kiyamova - “Lehrerhandbuch” o’qituvchilar uchun metodik o’quv qo’llanma
- Yu.Raximova/M.Shirova – “Deutsche topics”
Kafedra manzili: Xorijiy tillar fakulteti binosi, 3-qavat, 302, 323-xonalar