Kafedra mudirasi: Qo‘shayeva Gulchehra Satimovna
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi
Telefon: (+998 90) 721-05-06
Elektron manzili: qardu_fransuz@edu.uz
Kafedra haqida
2001 - 2002 - o‘quv yilidan boshlab universitetda fransuz tili yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilindi va “Fransuz tili” bo‘limi tashkil etildi.
2014 - yil fevral oyidan “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi alohida kafedra shaklida tashkil etildi va katta o’qituvchi G.Qo’shayeva kafedra mudiri sifatida faoliyat yurita boshladi.
Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar siyosiy fanlar nomzodi, katta o‘qituvchi, 2 nafar katta o‘qituvchi va 7 nafar assistent o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 10%.
Kafedra professor – o‘qituvchilari o‘z ilmiy salohiyatlari va malakalarini oshirish ustida doimiy ish olib bormoqda. Ularturli yillarda respublikamiz va xorijiy davlatlar tomonidan e’lon qilingan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib grant sovrindorlari sifatida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliygohlarida o’z malakalarini oshirganlar.
Jumladan, G.Qo‘shayeva Xitoyning Shanxay universitetida va Germaniyaning Myugelzee ta’lim markazida, K.Baratova Xitoyning Shanxay universitetida, T.Shermatova, H.Jo‘raqobilova, H.Hamzayevlar Fransiyaning IMEF institutida, A.Zoirova Fransiyaning LA Roshel shahridagi SEMEA o‘quv markazida, 2013- yilda Bezanson shahridagi SLA o‘quv markazida va 2017 - yilda Xitoy Shenyan pedagogika universitetida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.
Hozirda katta o‘qituvchi A.Zoirova “Iste’dod” jamg‘armasi granti g‘olibi sifatida Fransiyaning Tur shahridagi Turen (Institut Touraine) institutida 3 oylik stajirovkani o‘tamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 -yil 10 - dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ - 1875 - son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida talabalarning fransuz tilini chuqurroq o’rganish va darsdan bo’sh vaqtlarini unumliroq o’tkazish maqsadida kafedra qoshida “Yosh tarjimon” to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda.
2013 - yilning 20 - 24 - may kunlari Qarshi davlat universitetida ham Toshkentdagi Fransiya elchixonasi tomonidan ilk marotaba 25 soatlik fransuz tili darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil qilindi. Seminar – treningda respublikamizdagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 80 nafar fransuz tili o‘qituvchilari qatnashishdi.
Mashg‘ulotlar Fransiyaning nufuzli ta’lim muassasalaridan taklif qilingan bir guruh mutaxassislar tomonidan olib borildi.
Universitetimizga 2001- yilda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Jan Klod Rishar janoblari, 2013 - yil 20 - mayda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Fransua Gotye janoblari tashrif buyurishgan.
Joriy yilda elchixona tomonidan o‘tkazilgan “Frankofoniya kuni” bayramiga bag‘ishlangan tanlovlarda, “Teatr festivali” tanlovida, “Yevropa tillari kuni” bayramiga bag‘ishlangan videoroliklar tanlovlarida iqtidorli talabalarimiz Farhod Mustafaqulov, Malika Murodova va Dilafro‘z Jabborovalar faol ishtirok etishdi hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
“Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasining yutuqlaridan yana biri 2016 - yil
18 - mart kuni kafedra katta o‘qituvchisi Zoirova Aziza Ibragimovna Fransiya davlatining “Akademik Palma” ordeni bilan mukofotlandi.
Fransuz tili yo‘nalishining 4 - kurs talabasi Mustafaqulov Farhod (rahbari: katta o‘qituvchi Zoirova Aziza) BGF – (Bourses universitaires du Gouvernement Français) - Fransiya davlatining ta’lim stipendiyasi dasturi doirasidagi tanlovda qatnashib, Fransiyada magistraturada bepul ta’lim olish huquqini qo‘lga kiritdi.
“Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Aziza Zoirovaga 2017 - yil 22- iyun kuni Fransiya davlatining fransuz tilini bilish darajasini belgilaydigan DELF va DALF Xalqaro diplomlarini berish bo‘yicha “Ekzamenator – korrektor” sertifikati berildi.
Kafedra Fransiyaning IMEF instituti, Fransiyaning Bezanson shahridagi SLA o‘quv markazi,Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Fransiya instituti va Respublikaning qator oliy o‘quv yurtlari turdosh kafedralari, O‘zMU, O‘zDJTU, SamDCHTI bilan ilmiy, ilmiy - uslubiy sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar:
5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha hozirda 84 nafar talaba tahsil olmoqda.250 nafardan ortiq talaba fransuz tilini ikkinchi chet tili sifatida, 300 nafardan ortiq boshqa yo‘nalishdagi talabalar chet tili sifatida o‘rganmoqda.
Kafedra ilmiy yo‘nalishi: «Fransuz tilshunosligi, adabiyotshunosligi va o‘quv uslubiyati».
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat
Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari
Til ko‘nikmalari integratsiyasi
O‘qish va yozish amaliyoti
Til aspektlari amaliyoti.
Tilshunoslik
Adabiyotshunoslik
Jahon adabiyoti
Mamlakatshunoslik
Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi
Leksikologiya va stilistika
Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti tarixi
Nazariy grammatika va fonetika.
Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari
Til nazariyasi
O‘rganilayotgan til tarixi
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Ikkinchi chet tili.
Fransuz tili, (Fakultetlararo)
Magistratura
Amaliy chet tili
Kafedra professor – o‘qituvchilari tarkibi:
Qo‘shayeva Gulchehra Satimovna – katta o‘qituvchi, kafedera mudiri.
J o‘raqobilova Hamida Xolmatovna – s.f.n., katta o‘qituvchi.
Zoirova Aziza Ibragimovna – katta o‘qituvchi.
Sultonova Inobat Usmonovna- o‘qituvchi.
Hayitov Chorshami- o‘qituvchi.
Hamzayev Hasan Rajabboyevich - o‘qituvchi.
Miyassarov Eldor Amanovich - o‘qituvchi
Baratova Klara Xolmanovna - o‘qituvchi
Asadov Mahmadiyor T o‘rayevich - o‘qituvchi
Bekmuradova Zebiniso Erkinovna - o‘qituvchi.
Frankofoniya kunida “Xa men fransuz tilida gapiraman” festilvali
Frankofoniya kunida “Xa men fransuz tilida gapiraman” festilvalida taqdirlash
Fransiya elchixonasida qabul
Innovatsiya yarmarkasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Toshkent
Kafedra manzili: Xorijiy tillar fakulteti, 2- qavat, 24-xona.