KASBIY TA'LIM KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 3
SayozZo'r 
Ko'rishlar soni: 6548

Kafedra mudiri: t.f.n., dost.

Vardiyashvili Afdandil Asqarovich

Телефон: (+998 93) 525 14 41

Elektron manzili:  qardu_afdandil@edu.uz

 

Kafedra haqida 

“Kasbiy ta'lim” kafedrasi 2014-yil avgust oyida ”Issiqlik fizikasi va energetikasi” bazasida tashkil etildi. 2014 yil avgust oyidan unga t.f.n., dots. Vardiyashvili Afdandil Asqarovich mudirlik qilmoqda. 

Kafedrada 5 nafar dotsent, 2 nafar fan nomzodi, 3 nafar katta o’qituvchi va 12 nafar assistent o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 32 %. 

Kafedrada 4ta patent olingan, 4 ta monografiya, uslubiy qo‘llanmalar, chet el jurnallarida va xalqaro, respublika miqiyosida konferensiya materiallarida maqola, hamda tezislar chop etilgan. 2016 yil Farg‘ona shahrida “Universiada-2016” sport o‘yinlarida Kasbiy ta’lim kafedrasi yo‘nalishlarida taxsil olayotgan 2 nafar talaba ishtirok etdi va taqdirlandi. 4- kurs Yengil sanoat maxsulotlari texnologiyasi yo‘nalishi talabasi Yaratova Madina Suzish musobaqalarida ishtirok etib, kumush medali sohibi bo‘ldi. 2-kurs Energetika yo‘nalishi talabasi Normamatova Zarifa Yengil atletika musobaqalarida ishtirok etib Diplom bilan taqdirlandi. Hozirgi vaqtda kafedrada 4 ta doktorlik dissertatsiyasi bajarilmoqda. 

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar: 5111000- “Kasb ta’limi” (5320100 –Energetika (issiqlik energetikasi)), 5111000-Kasb ta’limi (5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yengil sanoat) va 5111000-Kasb ta’limi (5310600- Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi) yo`nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlaydi. Mazkur yo’nalish bo’yicha hozirda 185 nafar talaba tahsil olmoqda.5A140208-Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi 

 Kafedrada o'qitiladigan fanlar: 

Bakalavriat 

5111000- “Kasb ta’limi” (5320100- Energetika (issiqlik energetikasi

5111000-Kasb talimi (5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yengil sanoat)): 

5111000-Kasb ta’limi (5310600- Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti)) ta’lim yo‘nalishi: 

 

Magistratura 

5A140208-Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof -muhit fizikasi  

Kafedra professor - o'qituvchilari tarkibi: 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 maydagi “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi tо‘g‘risida”gi PQ-3012-sonli qaroriga muvofiq     olib boriladigan ilmiy-tadqiqot va amaliy izlanishlarga о‘z e’tiborini qaratgan Qarshi davlat universiteti olimlari Yevropa ittifoqining “Erasmus” dasturi asosida bajariladigan ishlarga faol ishtirok etmoqdalar. Ulardan biri “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyihasi hisoblanadi. 

Loyiha grantxolderi-Italiyaning L`Akuila universiteti hisoblanib, uni amalga oshirishda Yevropaning 4 ta OTMlari ya’ni, Italiyaning L`Akuila Universiteti bosh koordinator, Germaniyaning  Berlin Texnika  Universiteti, Shvesiya Texnologiya Qirolligi instituti,Bolgariyaning Sofiya Ximiya-texnologiya va metallurgiya Universiteti UCTM (BL) va О‘zbekistondagi  6ta OTMlari hamda noakademik tashkilotlar ishtirok etmoqdalar. 

 Loyiha 3 yilga (2016-2019  yy. ) mо‘ljallangan bо‘lib, uning maqsadi: О‘zbekiston davlat muassasalari, sanoati ekologik va energiya muammolarini mahalliy va mintaqaviy darajada hal qilishga ega bо‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasidagi mutaxassis – muhandisning yangi profilini yaratishdan iborat. 

Yuqorida zikr qilingan “RENES” loyihasini va unga quyilgan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida universitetda dots.A.A.Vardiyashvili boshchligida ishchi guruh shakllantirilgan. 

Mazkur loyiha doirasida Ispaniyaning “EDIBON”  firmasi tomonidan “Kompyuterda boshqariladigan quyosh elektr energiya oluvchi qurilma”si va “Kompyuterda boshqariladigan quyoshdan issiqlik energiya oluvchi laboratoriya qurilma”lari о‘rnatilib, amaliy tajriba sinovlari о‘tkazildi.

  

Kafedrada 2015-2017 yillarga mo‘jallangan A-4-47 – “Quvvati 30 kvt. soat gelioissiqxonali quyosh qishloq uyini yaratish”, KA-7-005+KA7-008- “Asosiy kanaldan iste’molchilarga uzatiladagan suvni ratsional taqsimlashni boshqarish” mavzulari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda. 

   

2015-2017 yillarda 11-13 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan IX- X- innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida loyiha bilan ishtirok etildi.

  

Qarshi davlat universiteti geliopoligonidagi “Gelioteplitsa”da tajriba mashg`ulotlarida

  

Yosh dizaynerlar tugarak mashg’ulotida

 

Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari: 

1.“Energiya resurslarini tejashda alternativ energiya manbalaridan foydalanish muammomlar va yechimlar” 

2.“Noan’anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishda energiya tejamkorligi”, 

3. Kasb ta’limi bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlashning ilmiy –uslubiy asoslari. 

4. Oqava suvlarni tozalash va ishlab chiqarishda qayta foydalanish texnologiyalari. 

5.Transport vositalari uchun ishlatiladigan motor  moylari xizmat muddatini uzaytirish.  

 

Kafedra manzili: Fizika-matematika fakulteti, 4-qavat.