0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

MUSIQA TA'LIMI KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: katta o'qituvchi

Murodov Muxitdin Qodirovich

Telefon:(+998 90) 609 67 80

Elektron manzili: m_muhiddin@mail.ru 

 

   

Kafedra tarixi 

“Musiqa ta’limi” kafedrasi 1977-yildan tashkil topgan. Kafedrada f.f.n., dotsent Sami Aziz o’g’li, s.f.n., professor M.Abdukarimov va katta o’qituvchi R.Primovlar mudirlik vazifasida ishlaganlar. 2015-yil 29-yanvardan kafedrani katta o’qituvchi Muradov Muxitdin Qodirovich boshqarmoqda. 

Kafedrada 7 nafar professor-o’qituvchi, shundan 1 nafar fan nomzodi, katta o’qituvchi, 3 nafar katta o’qituvchi, 3 nafar katta o‘qituvchi faoliyat ko’rsatadi. Kafedrada ilmiy salohiyat 14%. 

Kafedra professor-о‘qituvchilarining ko‘p yillik faoliyati davomida ilmiy monografiya, risolalar, o‘quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlandi va turli mavzulardagi ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda chop etildi.

Kafedrada “Bo’lajak musiqa o’qituvchilarining kasbiy malakalarini shakllantirish” va “O‘zbekistonda xonandalik san’atining ijrochilik usliblari” kabi ustuvor mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 

Kafedra TDPU, BuxDU, SamDU, GulDU  kabi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.Kafedra qoshida “Yosh musiqashunos” to‘garagi faoliyat ko‘rsatib, unga 40 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan hamda ularga ilmiy tadqiqot ishi mavzulari berilgan. 

Kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga amaliy yordam berish uchun ular bilan hamkorlik shartnomalari tuzilib, mazkur ta’lim muassasalarida kafedra filiallari tashkil etilgan. Jumladan, Qarshi san’at kolleji, Qarshi pedagogika kolleji, Qarshi madaniyat va turizm kollejlariga kafedraning malakali o‘qituvchilari biriktirilgan. 

Kafedra a’zolari respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjuman va ko’rik tanlovlarga o‘z ilmiy ma’ruzalari va musiqiy asarlari bilan qatnashib kelishmoqda. Kafedra qoshida tashkil etilgan “Ziyo sadolari” jamoasi har yili respublika OTMlari o’rtasida an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovining 2014, 2015, 2016, 2017 yillarda o’tkazilgan yakuniy bosqichida faxrli 1-o’rinni egallagan.

Kafedra ilmiy yo‘nalishi: “Musiqa fanlarini o’qitishning ilmiy-metodik asoslari”. 

Kafedrada: 5111100 –Musiqa ta’limi yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

Kafedrada oqitiladigan fanlar:

Bakalavriat     

  • Maktab repertuari
  • Qo‘shimcha chog’u asbobi
  • Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqa asarlari tahlili)
  • Vokal va zamonaviy musiqa
  • Cholg’u ijrochiligi va ansambl
  • Xor va xorshunoslik
  • Dirijyorlik
  • O’zbek xalq musiqa ijodi
  • An’anaviy xonandalik
  • Notalashtirish va kompyuter dasturlarida ishlash
  • Musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari
  • Musiqa o’qitish texnologiyalari va loyihalash
  • Musiqa tarixi
  • Vokal ijrochiligi
  • An’anaviy va xalq qo’shiqchiligi
  • Bolalar musiqa adabiyoti
  • Musiqa to’garaklarini tashkil etish

Kafedra professor-oqituvchilari tarkibi:

  1. Muradov Muxitdin Qodirovich – katta o’qituvchi, kafedra mudiri
  2. Ismoilova Mahbuba Elamonovna – pedagogika fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
  3. Primov Rashid Toshqulovich –katta o‘qituvchi
  4. Pirnazarov Laziz Qaxramonovich – katta o‘qituvchi
  5. Qurbonov Qo’ldosh Yo’ldoshevich–o‘qituvchi
  6. Qurbonova Mohigul Shoniyozovna – o‘qituvchi
  7. Azizov Fayoz Samiyevich – o‘qituvchi

Kafedra manzili: Qarshi shahri  Ko‘chabog‘, 17-uy

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________