0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Biotexnologiya kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: b.f.n., dotsent

Karimov Olim Rasulovich

Telefon: (99 890) 722-41-00

Elektron manzili: qardu_fizio@edu.uz

 

Kafedra haqida 

Biotexnologiya kafedrasi 2015 yil may oyida Fiziologiya va Tibbiy bilim asoslari kafedralarining birlashishi natijasida tashkil topgan. Kafedrada jami 20 nafar professor-o`qituvchilar 21,0 shtat birligida faoliyat ko`rsatishadi. Shulardan 1 nafari fan doktori, professor, 2 nafari fan nomzodi, dotsent, 3 nafari fan nomzodi, katta o`qituvchi, 2 nafari katta o`qituvchi, 12 nafari o`qituvchi-assistentlar. Ilmiy salohiyat 30 foizni tashkil etadi.  

Kafedraning hamkorlik aloqalari   

O`zR FA Bioorganik kimyo instituti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, O`zbekiston Milliy universiteti, Respublika Salomatlik instituti, Toshkent davlat jismoniy tarbiya instituti, Samarqand davlat universiteti, Qashqadaryo viloyat sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi, Shahrisabz hamda Qarshi tibbiyot kollejlari, Qarshi Olimpiya zahiralari kolleji va boshqa oliy hamda o’rta maxsus o`quv yurtlari, shuningdek bir qancha ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda. 

2013 yil aprel oyida Shahrisabz tibbiyot kollejida “Kasb-hunar kolleji talabalarining ovqatlanishini ratsionallashtirish” mavzusida, 2014 yil may oyida esa ushbu kollej bilan hamkorlikda “Sog’lom avlod yili”ga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazildi va konferensiya materiallari to’plam holida nashr etildi.  

 

2016 yilning aprel oyida “Sog’lom ovqatlanishning biologik, tibbiy va ekologik muammolari” mavzusida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Diyetologiya markazi hamda Ibn Sino Jamoat fondi bilan hamkorlikda Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi.  

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar  

Kafedrada 5140100 – Biologiya, 5320500 - Biotexnologiya bakalavr yo’nalishi hamda 5A 140101 – Biologiya (fan yo’nalishi bo’yicha) magistratura mutaxassisligi tayyorlanadi. Bundan tashqari kafedra a’zolari tomonidan universitetning barcha yo’nalishlarida darslar olib boriladi.   

Kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati 

Professor-o`qituvchilar tomonidan Oliy va o’rta maxsus o`quv yurtlari talabalari uchun 7 ta darslik (Sh.Qurbonov (hammualliflikda), “Bolalar va o`smirlar fiziologiyasi va gigiyenasi” (2005); Sh.Qurbonov, A.Qurbonov. “Odam fiziologiyasi (biokimyo asoslari bilan)” (2006); Sh.Qurbonov “Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi” (2013); B.Aminov (hammualliflikda) 8-sinf o’quvchilari uchun 7 tilda “Odam va uning salomatligi” (2014) va b.) nashr etildi.  

 

 

Shuningdek o’nlab o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar (Sh.Qurbonov (hammualliflikda) “O’zbekiston Respublikasi aholisi turli guruhlarining oziq moddalar va energiyaga bo’lgan kunlik fiziologik talab me’yorlari” SanPiN№0250-08 (2008); I.Hayitov. “Biotexnologiya asoslari” (2010); “Yuksak o’simliklarni hujayradan ko’paytirish biotexnologiyasi” (2012); Sh.Qurbonov, A.Qurbonov. “To’g’ri ovqatlanish qoidalari” (2014); O.Karimov, Sh.Qurbonov, M.Halimov. Umumiy va sport biokimyosidan amaliy mashg’ulotlar (2014); T.Xoliqov va b. “Рак кожи” (2014) va b.) chop ettirildi. 

Prof. Sh.Qurbonov va boshqalar Novosibirskda bol’ib o’tgan xalqaro anjumanda, Nijniy-Novgorod shahrida o’tkazilgan konferensiyada tezislari bilan ishtirok etishdi. A.Qurbonov, Yo.Rahmatullayev va G.Bo’ronovalar Shimoliy Carlstonda (AQSH) bo’lib o’tgan konferensiyada tezislari chop etildi. I.Hayitov va M.Halimovlarning maqolalari San-Diyegoda (AQSH) nashr etildi. 

Kafedradagi ilmiy-tadqiqot ishlari 

Kafedraning ilmiy yo`nalishi hazm va oziqlanish fiziologiyasining ustivor masalalari, aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o`rganish, aholi orasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish muammolari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning tibbiy masalalariga qaratilgan. Mazkur yo’nalishlar bo`yicha shu paytga qadar 4 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan (A.Qurbonov, O.Karimov, I.Cho’liyev, Yo.Rahmatullayev). 

O’qituvchi K.Do’stov prof. Sh.Q.Qurbonov rahbarligida «Sportchilarning amaldagi ovqatlanishini baholash va ratsionallashtirish usullari» mavzusida, dotsent Yo.Rahmatullayev “Umumta’lim o’rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining amaldagi ovqatlanishi va uni ratsionallashtirish” mavzusida, t.f.n. M.Tursunqulova esa tibbiyot sohasidailmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. 

«Yosh biotexnologlar» to`garagi a`zolari va iqtidorli talabalar har oyda tegishli mavzuda ma`ruzalar uyushtirib, yaxshi uyushtirilgan mavzular chop ettirishga tavsiya etiladi. 

Kafedraning innovatsion loyihalardagi ishtiroki 

Dotsent A.Qurbonov Tempus dasturining 544134-TEMPUS-1-2013-1-BE-TEMPUS-SMGR “UzDOC: O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari doktorantura tizimi sifatini oshirish” loyihasida, b.f.n. I.Hayitov hamda dotsent O.Karimovlar esa “Qashqadaryo viloyatida yangi yaratilgan o’rik, shaftoli va olma navlarining ona bog’larini yaratish, ko’chatlarini ko’paytirish va ishlab chiqarishga joriy etish” innovatsion loyihasida ishtirok etishmoqda. 

Kafedrada oq’itiladigan fanlar 

Bakalavriat:  

  • Odam va hayvonlar fizilogiyasi
  • Biokimyo
  • Biotexnologiya
  • Biofizika
  • Molekulyar biologiya
  • Ovqatlanish va ovqat hazm qilish fiziologiyasi
  • Yosh fiziologiyasi va gigiyena
  • Odam fiziologiyasi
  • Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari va biomexanika
  • ONF va MNT fiziologiyasi
  • Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi
  • Tibbiy bilim asoslari
  • Valeologiya asoslari
  • Odam anatomiyasi
  • Sport tibbiyoti
  • Jismoniy tarbiya gigiyenasi
  • Davolash jismoniy mashqlari
  • Pediatriya va bolalar gigiyenasi  

Magistratura:  

  • Ichki muhit fiziologiyasi
  • Oliy nerv faoliyati
  • Hazm va oziqlanish fizologiyasi
  • Moddalar va energiya almashinuvi fiziologiyasi
  • Ekologik fiziologiya
  • Endokrin tizim fiziolgiyasi
  • Markaziy nerv tizimi fiziologiyasi  

Kafedra tarkibi  

  • Karimov Olim Rasulovich– biologiya fanlari nomzodi, dotsent. Kafedra mudiri.
  • Qurbonov Shoniyoz Qurbonovich – biologiya fanlari doktori, professor, O’zR Turon Fanlar akademiyasi akademigi
  • Qurbonov Abdulaziz Shoniyozovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Rahmatullayev Yorqin Shokirovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b.
  • Hayitov Ilhom Yuldashyevich – biologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi.
  • Cho’liyev Ikrom Ne’matullayevich – biologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi.
  • Tursunqulova Marhamat Ergashevna – tibbiyot fanlari nomzodi, o’qituvchi.
  • Jovliyev Baxtiyor Xolbayevich – katta o’qituvchi.
  • Safarov Elmurod Djumayevich – o’qituvchi.
  • Norchayev O’tkir Toshkentovich – o’qituvchi.
  • Do’stov Karim To’rayevich – o’qituvchi.
  • Halimov Murodulla Ziyodullayevich – o’qituvchi.
  • Bo’ronova Gulnoza Boymuratovna– o’qituvchi.
  • Mengaliyeva Nargiza Allamuratovna – o’qituvchi.
  • Hazratova Hulkar Normurodovna - o’qituvchi.
  • Sattorova Iroda Yangiboyevna - o’qituvchi. 

Kafedrada sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish an’ana tusiga kirgan. Jumladan 2013 o’quv yilidan boshlab har yili may oyida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan mini futbol bo’yicha “Kafedra kubogi” o’tkazib kelinadi. Ushbu musoboqa 2013 yilda “Fiziologiya kafedrasi kubogi”, 2014 yilda “Anatomiya va fiziologiya kafedrasi kubogi” hamda 2015 yil “Biotexnologiya kafedrasi kubogi” nomi ostida o’tkazib kelinmoqda. 2016 yil may oyida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 2017 yilning iyun oyida, 2018 yilning ham may oyida Biotexnologiya kafedrasi kubogi o’tkazildi. Unda biologiya yo’nalishi talabalari faol qatnashishdi.   

Biotexnologiya kafedrasi bilan “Sho’rtangazkimyo” unitar sho’ba korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar o’rtasida o’za’ro xo’jalik shartnomalari tuzilgan. 

Bundan tashqari Rossiya Ta’lim Akademiyasining O’smirlar Fiziologiyasi Instituti, I.P.Pavlov nomidagi Fiziologiya Instituti hamda Belgorod Universitetlari bilan ham xalqaro shartnomalar  tuzilgan. 


Kafedra manzili: Qarshi shahri, Ko’chabog’, №17. Tabiiy fanlar fakulteti binosi, 4-qavat

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________