0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Тuproqshunoslik va ekologiya kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 3
SayozZo'r 

        Kafedra mudiri: q.x.f.n katta o‘qituvchi

        Xayriddinov Akmal Botirovich

        Telefon: (+99890) 607-44-33

        Elektron manzili: a.xayriddinov1975@mail.ru

 

 

Kafedra tarixi

Kafedra 2009 yilda “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik” va “Ekologiya” kafedralari birlashtirilib tashkil etilgan. Kafedrada 14 nafar professor-o’qituvchi, shundan 2 nafari fan nomzodi, dotsent, 6 nafari fan nomzodi, katta o'qituvchi va 6 nafar assistent-o'qituvchi, 2 nafar laborantlar faoliyat ko'rsatadi. Ilmiy salohiyat – 46,4%. Kafedrada  5141000- “Tuproqshunoslik” va 5630100-«Ekologiya va atrof muhit muhofazasi» yo’nalishlarii  bo’yicha kadrlar tayyorlanadi va fakultetlarda ekologiya fani o’qitiladi.

 Kafedrada o’qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Kafedra qoshida bitta zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan ma’ruzalar zali mavjud.

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy-tadqiqot mavzusi 

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy-tadqiqot mavzusi “Janubiy O'zbekiston tuproqlari va ekologik holatini o’rganish, shu bilan bir qatorda tuproqunumdorligini oshirishning  dolzarb masalalari” deb belgilangan.

Mazkur yo’nalish bo'yicha b.f.n T.Rahimov 2 ta,  QarshiDU faxriy professori, dotsent T.Tilovov 3 ta A.Xayriddinov va J.Xushmurodovlar 1 ta uslubiy q’o’llanma va risolalar nashr ettirishgan.

Kafedra mudiri  A.Xayriddinov, T.Raximov, N.Bozorova,G‘.Qudratov, Z.Uzoqov, F.Boboyev, J.Xushmurodov   va Sh.To’ychiyevlar doktorlik dissertatsiyasi bo'yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar.

Kafedra o‘qituvchisi Diyorova Muhabbat Xurramovna 2018 yil “Oltingugurtli sanoat chiqindilarini cho’l mintaqa tuproqlari va ba’zi mevali daraxtlarga ta’sirini yaxshilash yo’llari” mavzusida 03.00.13 - biologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Kafedra о‘qituvchilari tamonidan xalqaro ekologik kunlarga va yer kuniga bag‘ishlangan kasb-hunar kollejlari, akademik litsey, о‘rta ta’lim maktablari faol yoshlari bilan muntazam «Tabiatni asrash kelajakni asrash», «Ona yerтi asraylik» «Tuproq unumdorligini oshirish» kabi tadbirlar о‘tkazib kelmoqdalar.

  


Kafedra aloqalari

Kafedra tomonidan Moskva K.A. Timiryazev nomidagi Qishloq xo‘jalik akademiyasi, Pushshina shahridagi Tuproq ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti, V.V. Dokuchayev nomidagi tuproqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, O‘zPITI, O‘zTITI, O‘zMU, Respublika Agrokimyo va tuproqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, ToshAU, QarMII, Qashqadaryo viloyati Agrokimyo stansiyasi, Qashqadaryo viloyati Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan ilmiy tadqiqot ishlarni o‘zaro hamkorlikda olib borilmoqda.  Kafedra O'zRFA Tuproqshunoslik, Botanika ilmiy markaz, O'zMU, SamDU, TerDU, BuxDU, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti kabi oily ta’lim muassasalari bilan doimo ilmiy hamkorlik qilib keladi. Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Tuproqshunoslik va ekologiya kafedrasi hamda Nijniy-Novgorod DU, o’rtasida tuzulgan o’zaro hamkorlik va xalqaro shartnomalariga asosan Nijniy-Novgorod DU, professor-o‘qituvchilari va ilmiy hodimlari hamkorligida O‘zbekiston xududi bo‘ylab (Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlari) cho‘l, yarim cho‘l, dasht, tog‘ va tog‘ oldi tabiiy xududlari o‘simliklar va hayvonot dunyosini kadastr qilish va ekologik holatini o‘rganish bo‘yicha 2015 yil 1-30 may, 2017 yil 1-30 sentabr kunlari halqaro ilmiy ekspeditsiyasi o‘tkazildi.

Ekspeditsiya rahbari etib Tuproqshunoslik va ekologiya kafedrasi dotsent v.b. T.Raximov Qarshi DU tomonidan va NNDU tomonidan  “Botanika bog‘i” ITI katta ilmiy hodimi, b.f.n. M.V. Mokrousov tayinlangan.

 

Kafedra qoshida “Yosh tuproqshunos” ва «Yosh ekolog» to'garaklari faoliyat ko'rsatib, unda 30 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan hamda ularga ilmiy tadqiqot ishi mavzulari berilgan.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  • Tuproqshunoslikka kirish
  • Tuproqshunoslik
  • Umumiy dehqonchilik va o‘simlikshunoslik
  • Tuproq biologiyasi va ekologiyasi
  • Tuproqshunoslik va o‘simlikshunoslik
  • Tuproqshunoslik asoslari
  • Tuproqlar geografiyasi
  • O‘simliklar oziqlanishi va o‘g‘itlar
  • Landshaft va tuproq ekologiyasi
  • Ekologiya asoslari
  • Bioekologiya
  • Gidroekologiya
  • Tuproq kimyosi
  • Tuproq fizikasi
  • Tuproqni kimyoviy analizi
  • Agrokimyoviy tajriba usullari
  • Tuproq melioratsiyasi
  • Tuproqlarni agrokimyoviy xaritalash
  • Sanoat va shahar ekologiyasi
  • Ekoturizm
  • Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
  • Muqobil energetika va tabiat muhofazasi
  • Ekologiya huquqi
  • Ekologiya va biologiya fanlarini o’qitish metodikasi
  • Iqlim o‘zgarishi va ekologik moslashuv
  • O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish

Kafedra professor-o'qituvchilari:

  • Xayriddinov Akmal Botirovich - q.x.f.n, kafedra mudiri
  • Tilovov Turop - dotsent
  • Raximov To‘lqin O‘ktamovich – b.f.n
  • Bobonorov Rustam Samadovich- q.x.f.n
  • Bozorova Nigora Shamsiyevna – p.f.n
  • Diyorova Muxabbat Xurramovna –katta о‘qit
  • Qudratov G’ulom Donayevich - b.f.n
  • Raupov Bekmurod Nabiyevich - о‘qituvchi
  • Uzoqov Zafar Zoirovich- о‘qituvchi
  • Xushmurodov Jobir Panjiyevich- о‘qituvchi
  • Meyliyeva Xilola Shuxratovna- о‘qituvchi
  • Boboyev Farrux Farhodovich- о‘qituvchi
  • Xoliqova Surayyo Narzullyevna- о‘qituvchi
  • To’ychiyev Shuhrat Shovkatovich- Laborant
  • Mansurova Marg’uba Akbarovna-Laborant 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: 

Xayriddinov A.B. -06.01.09-O‘simlikshunoslik ixtisosligi bo‘yicha «Nishon tumani och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida «Ishonch» g‘o‘za navini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish». 

Uzoqov Z.Z-03.00.10ekologiya ixtisosligi bo‘yicha “Og‘ir metallarni sabzavot-poliz ekinlari hamda ho‘l mevalarda to‘planishi va hosildorlikni ekologik holati” 

Kafedra о‘qituvchilari tomonidan hozirgi kunga kelib о‘ndan ortiq darslik о‘quv-uslubiy qо‘llanmalar yozib nashrdan chiqarilgan.

 

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar: 

  • Tilovov.T. «Ekologiya» o‘quv qo‘llanma
  • Xayriddinov A, Xushmurodov.J. «Tuproqshunoslik» o‘quv qo‘llanma
  • Bozorova.N, Qudratov.G’. «Ekologiya» o‘quv uslubiy qo‘llanma
  • Diyorova.M «Qashqadaryo vohasi tuproqlarining unumdorligi va ekologiyasi» nomli monografiya. 

Kafedra manzili: QarshiDU Tabiiy fanlar fakulteti 1-qavat

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________