0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU
01 / 07

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07
ARM

Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: biologiya fanlari nomzodi, dotsent       

Xo‘jamqulov  Bahrom Eshboyevich

Telefon: (375) 225-10-41, +99891 597-60-54  

E-mail: xujamqulovbahrom@umail.uz 

 

Kafedra haqida

Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi 2018 yil dekabr oyida Biologiya  va Biotexnologiya kafedralari negizida tashkil etilgan.

Kafedra “Janubiy O‘zbekiston florasi va tirik organizmlardan xalq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanishni majmuali o‘rganish” borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi. Ushbu yo‘nalishda respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Kafedrada 15 nafar professor-o‘qituvchilar (1 nafar fan nomzodi, dotsent, 3 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 1 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar o‘qituvchilar) faoliyat olib borishadi. Kafedrada 2019 yilda“ Qashqadaryo vohasi sharoitida introduksiya qilingan manzarali daraxt va butalar mikromitsitlari” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ishi muvofaqiyatli himoya qilingan.

Kafedra O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo texnologiyalari universiteti, O‘zR FA Botanika instituti, O‘zR FA Mikrobiologiya instituti, Qarshi sanitariya-epidemiologiya stansiyasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Qarshi yog‘ ekstraksiya MCHJ, Shaxrisabz Aroq-vino ishlab chiqarish korxonasi, Koson yog‘-moy korxonasi, Shurtangaz kimyo kompleksi, Shurtan neftgaz unitar shuba korxonasi bilan ilmiy  va amaliy hamkorlikda faoliyat  olib bormoqda.

Ilmiy ishlar natijasida 1 ta mualiflik guvohnomasi (№ B G U 00359. “Qashqadaryo vohasi manzarali daraxt va butalar mikromitsitlari“)  olingan.

Kafedra dotsenti B.Xo‘jamqulov “Hisor Davlat qo‘riqxonasi O‘rta Osiyo tog‘ tabiati andozasi”, “Tok kasalliklari va ularga qarshi kurash” risolalari, Geobotanika o‘quv qo‘lanmasini chop etigan. Shunindek B.Xujamqulov va M.Nasridinovalarnig “O‘zbekistonning foydali o‘simliklar”, R.Choriyev va B.Xujamqulovlarning “Genetikadan mashq va masalar yechish” uslubiy qo‘llanmalari nashp etilgan.

Kafedrada 5320500 – Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xo‘jaligi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy,  ilmiy – tadqiqot, pedagogik, ma’naviy va ma’rifiy,  tashkiliy- boshqaruv, ishlab chiqarish faoliyatlarini olib borishadi.

 

Mikrobiologiya va biotexnologiyasi kafedrasida iqtidorli talabalar “ustoz – shogird” tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar tayinlangan bo‘lib,  o‘zlari tanlagan mavzulari ustida ilmiy izlanishlar olib borimoqdalar. Kafedrada iqtidorli talabalar bazasi tashkil etilgan.

Kafedra qoshida iqtidorli, izlanuvchi va qiziquvchi talabalar bilan birgalikda “Yosh mikrobiolog va biotexnologlar” to‘garagi tashkil etilgan. 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi:

Xujamkulov Baxrom Eshboyevich   

Hayitov Ilhom Yuldashevich              

SHerkulova Jamila Poyonovna           

Tursunqulova Marhamat Ergashevna 

Sharopova Moxidil Amanovna           

Raximov Abdixofiz Lutfullayevich    

Chariyev Rashid Ravshanovich          

Suyunova Gavhar Anvarovna             

Shukurov Oybek Ne’matovich           

Norchayev O‘tkir Toshkentovich       

Halimov Murod Ziyodullayevich       

Eshonqulov Erkin Yulchevich            

 

b.f.n., dotsent

b.f.n

b.f.f.d (PhD)

t.f.n

katta o‘qituvchi

o‘qituvchi

o‘qituvchi

o‘qituvchi

o‘qituvchi

o‘qituvchi

o‘qituvchi

o‘qituvchi

 

Kafedra manzili: Bosh bino  3-qavat  A 305-xona

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________