0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: fals.f.d., prof.

Choriyev Sanjar Anvarovich

Telefon: (+998 91) 461-30-03

Elektron manzili:  sanjar_choriyev@mail.ru

 

 

Kafedra tarixi 

Falsafa kafedrasi 1964 yil dekabr oyida tashkil etilgan bо‘lib, kо‘rsatilgan nomda faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Unga turli yillarda falsafa fanlari nomzodi, dotsent T.J.Jovliyev (1964-1969), falsafa fanlari nomzodi, dotsent (hozir falsafa fanlari doktori, professor) O.E.Ergashev (1969-1977), falsafa fanlari doktori, professor A.CH. Choriyev (1977-2005) rahbarlik qilganlar. Hozir kafedrani falsafa fanlari doktori, professor S.A. Choriyev boshqarmoqda. 

2014 yilda falsafa kafedrasi sotsiologiya kafedrasi bilan biriktirildi. “Sotsiologiya”kafedrasi 2005-2014 yilllarda faoliyat ko’rsatib, barcha fakultetlarda “Sotsiologiya”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlaridan dars berishga ixtisoslashgan. 

Kafedrada 24 professor-о‘qituvchi va kabinet mudiri ishlaydi. Shtatdagi о‘qituvchilarning 14 tasi ilmiy unvon va darajalarga ega. Ular falsafa fanining turli ixtisosliklaridan («dialektika va bilish nazariyasi», «ijtimoiy falsafa», “din tarixi va hurfikrlilik”,’siyosatshunoslik’) doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. О‘qituvchilar tarkibida ikki kishining (dotsentlar P.Saydullayev, R. Boyqobilova) yoshi 70-75 da, ikki kishining (M.Eshmatov,T.Xo’jamberdiyev) yoshi 55-60 da, olti kishining (k.о‘q. M.Xushnayev, dots. A. Dо‘lanov, prof. S. Choriyev, dots. B.Saidov, s.f.n. Sh. Ermatov, f.f.n.T.Qurbonov) yoshi 50-55 orasida, to’rt kishining (k.о‘q. A.Tо‘rayeva, о‘qit. R. Boymatov, s.f.n. B.Jo’rayev, dots. G. Bekmurodova)  yoshi 45-50 orasida, uch kishining (f.f.n. A.Shaymanova, o’qit. D.Axmedova, f.f.n. S.Boymurodov,)  yoshi 35-40 orasida, etti kishining (o’qituvchilar Sh.Qambarov, F.Qodirov, E.Ibragimov, L.Sohibova, S.Avazov, M.Mamatova, D. Xudoyberdiyev) yoshi 30-35 orasida. Kafedra a’zolarining о‘rtacha yoshi 44 ni tashkil etadi. 

Kafedra a’zolari barcha fakultetlarning 2-kurs talabalariga “Falsafa” о‘quv fanidan, 3-kurs talabalariga “Sotsiologiya” fanidan, bitiruvchi kurs talabalariga «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar», “O’zbekistonda Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” о‘quv fanlaridan, «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq» ixtisosligi bо‘yicha tahsil olayotgan talabalarga “Ijtimoiy falsafa” о‘quv fanidan, 1-kurs magistrantlariga “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” va “O,zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanlaridan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar. Mashg‘ulotlar О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan о‘quv rejalari va namunaviy о‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Namunaviy о‘quv dasturlari asosida ishchi о‘quv dasturlari, ta’lim texnologiyalari, elektron materiallar ishlab chiqilgan.

 


Kafedrada о‘quv-uslubiy ishlarni muntazam takomillashtirib borish maqsadida qat’iy reja ishlab chiqilgan bо‘lib, uning bajarilishi kafedra yig‘ilishida muhokama etib boriladi. Birgina 2017-2018 о‘quv yilida о‘quv-uslubiy faoliyatga doir 20 dan ortiq masala, professor-о‘qituvchilar о‘tkazgan 8 ochiq dars muhokama etildi. Kafedra huzurida muntazam ishlab turgan «Gumanistik tipdagi inson shaxsining shakllanishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi» mavzuidagi nazariy-metodologik seminarda 2017-2018 о‘quv yili davomida 8 ta uslubiy ma’ruza,8 nazariy ma’ruza muhokama qilindi.

Kafedra a’zolari uzoq yillardan buyon yagona ilmiy muammo -«Gumanistik tipdagi inson shaxsining kamol topishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi» mavzuida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradilar. О‘tgan yillar mobaynida mazkur mavzu yuzasidan 3 doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Hozir kafedrada 10 dan ortiq doktorlik dissertatsiyalari (PhD) tayyorlanmoqda.

Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlar samaradorligini muntazam oshirib borish uchun Moskva Davlat universiteti, Belgorod Davlat universiteti, Shimoliy London universiteti, О‘zbekiston Milliy universiteti va boshqalar bilan aloqalar о‘rnatgan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar kafedrada tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi. Uning samaradorligini oshirish,  Sharq falsafiy merosini targ‘ib va tashviq qilish uchun «Falsafa» о‘quv-uslubiy xonasida «Tafakkur gulshani», «Sharq falsafiy merosi xazinasidan», «Mustaqillik odimlari» nomli kо‘rgazmalar,

Kafedra a’zolarining diqqat markazida milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini fuqarolar ongiga singdi-rish muhim vazifa sifatida turibdi. Shuning uchun fuqarolar orasida milliy mafkuraning turli muammolari yuzasidan chiqishlar qilish sistemali xarakter kasb etgan. Chunonchi, kafedra notiqlar guruhi Qarshi shahri, viloyat shahar va tumanlaridagi qator korxona va tashkilotlarda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasiga bag‘ishlangan 20 dan ortiq tadbirlar tashkil etdilar, 100 ga yaqin ma’ruzalar qildilar.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  • Falsafa
  • Milliy g’oya
  • O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
  • Sotsiologiya
  • Fuqarolik jamiyati
  • Ijtimoiy falsafa

Magistratura

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • O,zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi

Kafedra professor-o'qituvchilari:

  • Choriyev S.A.
  • Saydullayev P.N.
  • Boyqobilova R.B.
  • Eshmatov M.E.
  • Dо‘lanov A.E.
  • Saidov B.J.
  • Ermatov Sh.A.
  • Qurbonov T.H.
  • Jo’rayev B.X.
  • Bekmurodova G.H.
  • Boymurodov S.B.
  • Xo’jamberdiyev T.
  • Shaymanova A.E.
  • Tо‘rayeva A.P.
  • Xushnayev M.B.
  • Boymatov R.B.
  • Axmedova D.S.
  • Qambarov Sh.K.
  • Qodirov F.Y.
  • Ibragimov E.E.
  • Avazov S.E.
  • Sohibova L.S.
  • Mamatova M.M.
  • Xudoyberdiyev D.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Ilmiy muammo mavzui: «Gumanistik tipdagi inson shaxsining shakllanishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi»

Ilmiy rahbar: Choriyev Sanjar Anvarovich

 

Kafedra manzili: Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti binosi, 2-qavat, 220-221-xonalar.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________