Mikrobiologiya va biotexnologiya

21-iyun 2023

Sherqulova Jamila Payanovna


Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri,
biologiya fanlari falsafa doktori., dotsent
Telefon: +998 91 470-72-27
Elektron pochta: j.shirkulova@mail.ru
 
Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha
 

 

Mehnat faoliyati

2020 yil 2 fevraldan h.v. Qarshi davlat universiteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri, dotsent.

Kafedra tarixi

Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi 2018 yil dekabr oyida Biologiya va Biotexnologiya kafedralari negizida tashkil etilgan. Kafedrada 3 nafar fan nomzodi dotsentlar, 1 katta o‘qituvchi, 5 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Barcha o‘qituvchilar magistirlik darajasiga ega bo‘lib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha samarali ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Asosiy vazifalari

Kafedrada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr va magistr talabalari tayyorlanadi.
60710200-Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) (Bakalavr)   
70510102-Mikrobiologiya va virusologiya (Magistratura)
70510103-Biotexnologiya  (Magistratura)

O‘qitiladigan fanlar

Bakalvr yo`nalishlari uchun
1. Biotexnologiyaga kirish
2. Mikrobiologiya va virusologiya
3. Genetika va genomika asoslari
4. Biotexnologiya
5. Sanoat mikrobiologiyasi
6. Oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlari biotexnologiyasi
7. Gen va hujayra muhandisligi
8. Fermentlar muhandisligi
9. Qishloq xo`jaligi biotexnologiyasi
10. Farmatsevtik biotexnologiya
11. Biologik faol moddalar olish biotexnologiyasi
12. Biotexnologik jarayon va jihozlar
13. Oqsillar tuzilishi funktsiyasi va muhandisligi
14. Sanoat biotexnologiyasi
15. Agrobiotexnologiya
Magistratura ixtissosligi bo`yicha
1. Biotexnologiyada ilmiy-tadqiqot uslublari 
2. Mikrobiotexnologiya 
3. Amaliy enzimologiya
4. Biotexnologiya va ekologiya muammolari 
5. Nanobiotexnologiya
6. Immunologik faol moddalar biotexnologiyasi
7. Ozuqaviy qo`shimchalar biotexnologiyasi
 8.Tuproq mikrobiologiyasi 
9.Oziq-ovqat mikrobiologiyasi
10.Tibbiyot mikrobiologiyasi 
11.Sanoat mikrobiologiyasi 
12.Molekulyar mikrobiologiya
13.Viruslar biologiyasi
14.O`simlik virus kassaliklari 
15.Zamburug`lar biologiyasi 
16.Viruslar biologiyasi

Ilmiy ishlar

Kafedra mudiri dotsent, J.Sherqulova O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ilmiy faoliyatiga oid davlat dasturlari doirasida amaliy va innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok etib, “Qashqadaryo viloyati hududida tarqalgan iste’molbop, dorivor qo‘ziqorinlar va ularni sun’iy ozuqa muhitlarida yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida amaliy loyhani qo‘lga kiritgan.
Kafedra ilmiy faoliyatida hozirga qadar 4 ta o‘quv qo‘llanma 2 ta monografiya, 5 ta uslubiy qo‘llanmalar nashr etilgan. Kafedra proffessor o‘qituvchilari tomonidan OAK tasarufidagi xalqaro jurnallarda 22 ta, OAK tasarufidagi mahalliy jurnallarda 32 ta Xalqaro konferensiyalarda 112 ta respublika miqyosida 223 ta viloyat va universitet miqyosidagi jurnallarda va to‘plamlarda ma’ruzalar va maqollar bilan ishtirok etib kelishmoqda.

Tadqiqotchilar

Kafedra quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot olib boradi:
1. Qashqadaryo viloyati hududida tarqalgan iste’molbop, dorivor qo‘ziqorinlar va ularni sun’iy ozuqa muhitlarida yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish 
2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararli mikroorganizmlarini erta aniqlash diagnostikasini ishlab chiqish va ularga qarshi biopreparat yaratish.
Kafedra qoshida o‘z ilmiy faoliyatini olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar quyidagilar: 
1.Chariev Rashid Ravshanovich 03.00.05 Botanika  “Cho‘llanish jarayonida janubiy o‘zbekiston cho‘l fitotsenozlarining transformatsiyasi (Qarshi cho‘li misolida)”  ilmiy rahabar b.f.d. B.A.Adilov  
2.Eshonqulov Erkin Yulchi o‘g‘li 03.00.12 – Biotexnologiya  “Dorivor ksilotrof Schizophyllum commune Fr. zamburug‘ining shtammlarini o‘rganish va ularni biotexnologiyada foydalanish istiqbollarini baholash” Ilmiy rahbar b.f.f.d. dos. J.P.Sherqulova
3.Salomova Sayyoraxon Samatovna 03.00.12 – Biotexnologiya “Tenebrio molitor asosida zoogumus olish texnologiyasi ishlab chiqish” Ilmiy rahabr b.f.d.,prof. N.A. Xo‘jamshukurov

Hamkorlik

Kafedra Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti, O‘zRFA Mikrobiologiya instituti, O‘zRFA Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy tadqiqot instituti,  Janubiy  Dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘quv-uslubiy, ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish sohasida hamkorlik ishlari olib bormoqda.

Kafedra o‘qituvchilari

  • Sherqulova Jamila Payanovna-b.f.f.d, dotsent  
  • Xujamqulov Baxrom Eshboevich-b.f.n. dotsent
  • Xayitov Ilhom Yuldashevich-b.f.n., dotsent
  • Sharopova Moxidil Amanovna-katta o‘qituvchi
  • Chariev Rashid Ravshanovich-o‘qituvchi
  • Eshonqulov Erkin Yulchi o‘g‘li-o‘qituvchi
  • Salomova Sayyora Samadovna-o‘qituvchi
  • Murodullaev Dilmurod Dilshodovich-o‘qituvchi
  • Qo‘ziboev Humoyun Nasim o‘g‘li – o‘qituvchi