Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi

18-aprel 2024

Fayziyev Zohiddin Xasanboyevich


Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshlig‘i,
Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Telefon: +99891 450-22-44
Elektron pochta: zohidfayz2244@mail.ru
 
Qabul kunlari:  Har kuni

Mehnat faoliyati

2011 - 2020 yy  Qarshi davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi                                                           

2020 - 2021 yy   Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi                    

2021 - 2022 yy   Psixologiya kafedrasi mudiri                                                                              

2022 - 2023 yy  Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent                                                             

2023  y              Qarshi davlat universiteti  O‘quv - uslubiy boshqarma boshlig‘i                                                                                                                                                                                  

Asosiy vazifalari

Qarshi davlat universiteti Kuzatuv Kengashi yig‘ilishining 2023-yil 11-oktabrdagi 8-son bayoni,  Qarshi davlat universiteti rektorining 2023-yil 17-noyabrdagi 575 X-sonli va 2024-yil 14-fevraldagi 84 X-sonli buyruqlari hamda 2024-yil 29-martdagi universitet kengashining 7-sonli Qaroriga asosan universitet tuzilmasida Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi tashkil etilgan.

Boshqarmaning asosiy faoliyati ta’lim tizimini raqamlashtirish, o‘quv jarayoni va talabalarga xizmat ko‘rsatish, kredit-modul tizimi bo‘yicha barcha ma’lumotlarni elektronlashtirish, akademik faoliyatni raqamli tashkil etish, tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash va ularning amaliyotini elektron boshqarish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, ta’lim-tarbiya sohasini tartibga solishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruq va bayonlari, universitet Kengashi qarorlari, universitet rektorining buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy va lokal hujjatlarga amal qiladi.

Boshqarma mustaqil tarkibiy tuzilma bo‘lib, u universitetning rektori va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektoriga bo‘ysunadi.

Boshqarma tarkibi: Akademik faoliyatni boshqarish bo‘limi, Qabul jarayoni va talabalar registratsiyasi bo‘limi, Ma’lumotlar bazasi bo‘limi, Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi, Karyera markazi, Talabalar bilan ishlash bo‘limlari faoliyat olib boradi.

Boshqarmada boshqarma boshlig‘i, uning muovini, bo‘limi boshliqlari, bosh mutaxassis va inspektor lavozimlari mavjud.

Akademik faoliyatni boshqarish bo‘limi vazifasi- Akademik mobillik bo‘yicha ma’lumot berish, o‘quv jarayonini tizimli boshqarish va uni tahlil qilish, kafedra o‘quv yuklamalari hamda shtat birliklari shakllantirish, o‘quv jarayoni grafigini ishlab chiqish, o‘quv yili uchun DTS, malaka talabi, o‘quv reja va fan dasturlariga asosan ishchi o‘quv reja hamda ishchi fan dasturlarini yaratish va tasdiqlash, talabalarning nazorat turlari hamda yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini tashkil etish, talabalarga akademik transkript berish, professor-o‘qituvchilarga fanlarning kalendar rejasini tasdiqlashdan iborat.

Qabul jarayoni va talabalar registratsiyasi bo‘limi vazifasi- Qabul parametrlari to‘g‘risida ma’lumot berish, o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash va akademik ta’til olish tartibini amalga oshirish, Respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirgan abituriyentlarga aloqa xat berish, abituriyentlarga test sinovlari va kasbiy-ijodiy imtihonlar bo‘yicha ma’lumot berish, o‘qishini ko‘chirgan talabalar uchun fanlar farqi qaydnomalarini tarqatish, talabalikkka qabul qilingan abituriyentlarni shaxsiy yig‘majildini shakllantirish va ularni buyruq loyihalarini tayyorlashdan ibort.

Ma’lumotlar bazasi bo‘limi vazifasi- Universitetga tegishli barcha turdagi ma’lumotlar bazani yaratish, talabalarning o‘qishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tayorlash va yetkazish, to‘lov-shartnoma miqdori va ularni rasmiylashtirish to‘g‘risida axborot berish, universitet pasporti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangilab borish, talabalar kontengentini shakllantirish, diplom kvalifikatsiyasini berish, bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiya sinovi natijalarini yetkazish va talabalar davomati monitoringini olib borish va tahlil qilishdan iborat.

Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi vazifasi- Kredit-modul tizimi to‘g‘risida ma’lumot berish, akademik qarzdor talabalar uchun qayta o‘qishni tashkil etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish va o‘qish grafigilari tayyorlash, Hemis tizimi (platforma) faoliyatini boshqarish, monitoringini olib borish va statistikasini yuritish, talabalarga kredit haftaligida fanlar katologi to‘g‘risida ma’lumot berish, professor-o‘qituvchilar uchun ta’limni kredit-modul tizimi to‘g‘risida seminarlar tashkil etish, fan resurslarini tizimga joylashtirish tahlilini olib borish, xorijiy va respublika OTMlaridan o‘qishni ko‘chirgan talabalarning transkriptlariga asosan GPA ko‘rsatkichlarini hisob berishdan iborat.

Karyera markazi vazifasi- Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berish, talabalarning malakaviy va pedagogik amaliyotini tizimli tashkil etish, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanganlik holati monitoring olib borish va ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolashdan iborat.

Talabalar bilan ishlash bo‘limi vazifasi- Talabalikka qabul qilinganlik, kursdan-kursga o‘tish, kursdan qoldirish, akademik ta’til va chetlashtirish buyrug‘idan ko‘chirma berish, bakalavr diplomini tarqatish, o‘quv jarayoni to‘g‘risida ma’lumot va maslahat berish, talabalarning shaxsiy yig‘majildi saqlash va ulardan nusxa tarqatish, talabalarga universitet tuzulmasi to‘g‘risida ma’lumotlar berish, sirtqi ta’limi shakli talabalari uchun chaquruv xatini yuborishdan iborat.