Pedagogika kafedrasi

23-fevral 2024

Karaxonova Oysara Yuldoshevna


Pedagogika kafedrasi mudiri,
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Telefon: 99894-334-57-57
Elektron pochta: oysarakhan1977@mail.ru
 
Qabul kunlari: Har kuni 9:00 dan 15:00 gacha

Mehnat faoliyati

1994-2000 yy. - Qarshi davlat universitetining talabasi 

2001-2003 yy. - Qarshi davlat universitetining pedagogika kafedrasi kabinet mudiri

2003-2005 yy. - Qarshi davlat universiteti magistranti 

2006-2017 yy. - Qarshi davlat universitetining pedagogika kafedrasi o'qituvchisi

2017-2021 yy. - Qarshi davlat universitetining pedagogika kafedrasi katta o'qituvchisi

2021-2022 yy.- Qarshi davlat universitetining pedagogika kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi

2022-2024 yy. - Qarshi davlat universitetining pedagogika kafedrasi dotsenti

2024 y- h.v. - Qarshi davlat universitetining pedagogika kafedrasi mudiri

Kafedra tarixi

“Pedagogika” kafedrasi 1964 yilning mart oyida Ijtimoiy gumanitar fanlar negizida tashkil topgan. Unda taniqli olimlardan professor M.Ochilov, dotsentlar N.Hamrayev, Usmonov S.I., Xoliqov D. Qultayev J.Q., Xidirova B.X., Mazitova G.X., Mazitova M.X.lar faoliyat ko‘rsatganlar.
“Pedagogika” kafedrasi quyidagi professor-o‘qituvchilar kafedra mudirligi lavozimida ishlaganlar: Tatarskaya Ideya Yefimovna (1964-1966), Baratov T.B. (1966-1970), Usmonov S.I. (1970-1972), Ochilov M.O. (1972- 1983), Xamrayev N.X. (1983-1985), Choriyev A.CH. (1985-1996; 1999- 2003), Eshmuradov E.E. (1996-1999), Fayzullayeva N.S. (2003-2006), Soxibov A.R. (2007-2013), Djumayeva N.E. (2013- 2018), Soxibov A.R. (2018-xozirgacha).
Kafedrada hozirgi vaqtda  11 nafar pedagogika fanlari nomzodlari, 5 nafar o’qituvchilar  faoliyat ko’rsatmoqda. Ilmiy salohiyat 44%. “Pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari universitetning barcha fakultet va yo’nalishlarida faoliyat ko’rsatadi.

Asosiy vazifalari

Kafedrada 5110900-Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha (kunduzgi, sirtki, 2-mutaxassislik) bakalavrlar,   5A110900-Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar tayyorlanadi. 

O‘qitiladigan fanlar

1. Pedagogika
2. Umumiy pedagogika
3. Ijtimoiy pedagogika
4. Oila pedagogikasi
5. Ta’lim texnologiyalari
6. Pedagogika nazariyasi va tarixi
7. Pedagogik mukammallik
8. Tarbiyaviy ish metodikasi
9. Pedagogika va psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi
10. Xalq pedagogikasi
11. Pedagogik texnologiya
12. Maxsus pedagogika
13. Pedagogik diagnostika                                                                                                                                            

Ilmiy ishlar

 2021-2023 yillar davomida kafedra o‘qituvchilari Qoraxanova O., Murodova Z, M.Sattorova, G.Berdiyeva, A.Sultonov, L.Rajabovalar Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.    Keyingi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator darslik va qo‘llanmalar, monografiyalar nashr etildi. Jumladan kafedra mudiri  A.Soxibov "Pedagogik fikrlar taraqqiyoti" nomli darslik va o‘quv qo‘llanma, Z.Murodova "Umumiy pedagogika", O.Qoraxonova "Qiyosiy pedagogika", A.Qurbanova "Qiyosiy pedagogika" nomli o‘quv qo‘llanma, Y.Ismoilova, S.Begmatova va N.Xujayarovalar har birlari yo‘nalishlar kesimida "Umumiy pedagogika" nomli o‘quv qo‘llanmalar chop ettirdilar.                                                          Kafedra o‘qituvchilari tomonidan xalqaro va Respublika miqyosida ilmiy maqolalar chop ettirilgan. Jumladan, Xalqaro miqiyosidao‘tkazilgan konferensiyada 26 ta maqolalar,  shuningdek  xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar20  ta, respublika ilmiy jurnallardagi makolalar (VAK) tasarrufidagi jurnallarda 18 ta maqolalari bilan qatnashishdi.                                             
 
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan xalqaro va Respublika miqyosida ilmiy maqolalar chop ettirilgan. Jumladan, Xalqaro miqiyosidao‘tkazilgan konferensiyada 26 ta maqolalar,  shuningdek  xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar20  ta, respublika ilmiy jurnallardagi makolalar (VAK) tasarrufidagi jurnallarda 18 ta maqolalari bilan qatnashishdi. 2022 yil 15-16 dekabr kunlari Pedagogika kafedrasi "Zamonaviy tarbiyada xalq pedagogikasining o‘rni" mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi

 

Tadqiqotchilar

Kafedrada 2022 yildan 13.00.01-Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi bo‘yicha PhD (tayanch doktarantura) faoliyat yuritmokda. Kafedrada mutaxassis bo‘lib  yetishishini kutilayotgan bo‘lajak  kadrlar, davlat  va nodavlat  maktablarda ish faoliyatini olib borishlari mumkin

Hamkorlik

Kafedraning xalqaro va respublika OTM va ITM lar bilan hamkorligi. Kafedrada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida quyidagi ishlar amalga oshirilgan: Volgograd Sotsial pedagogika universiteti tuzilgan shartnomaga muvofiq 2022-2023 o‘quv yilida dotsent, pedagogika fanlari nomzodi dotsent Lapp Yelena Aleksandrovna Vvedeniye v pedagogicheskuyu professiyu fanidan va Sadovski M.V Belgorod Milliy ilmiy tadqiqot universiteti dotsenti  talabalarga “Variativniye formi obrazovaniya lits  s ogranichennimi vozmojnostyami zdorovya” fanlaridan ma’ruza  va seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. 

Kafedra o‘qituvchilari

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Karaxonova Oysara Yuldoshevna – kafedra mudiri
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent  Xaydarova Oliya Qaxxorovna
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent  Ochilova Nigora Mallayevna
pedagogika fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi Eshmurodova Gulbaxor Xushmurodovna
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Radjabova Inobat Ravshanovna
PhD, katta o‘qituvchi  Sultonov Akram Ikromovich
o‘qituvchi Ismoilova Yulduzxon Turayevna
o‘qituvchi Xalilova Habiba Mamatqulovna
o‘qituvchi Qurbonova Aziza O‘ktamovna
PhD, katta o‘qituvchi Murodova Zulfiya Qayumovna
PhD, katta o‘qituvchi Sattorova Moxira Aminqulovna
PhD, katta o‘qituvchi Rajabova Lola Raxmatullayevna
o‘qituvchi Xo‘jayorova Nafisa Sultonmurodovna
PhD, katta o‘qituvchi Berdiyeva Gulobod Shonazarovna
o‘qituvchi Begmatova Sevara Nematovna
o‘qituvchi  Shodmonova Zilola Bozorovna
o‘qituvchi Dovranova Oysulton Dovrankulovna