Ta‘lim sifatini nazorat qilish

4-avgust 2023

Nazirov Zulqaynar Sharopovich 


Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig‘i,
texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Telefon: +998 90 904 12 50
Elektron pochta: nazirovzsh@mail.ru
 
Qabul kunlari: Haftaning Har kuni  soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2000-2004 yy. -Qarshi davlat universiteti talabasi
2004-2006 yy - Qarshi davlat universiteti magistranti
2006-2011 yy - Qarshi davlat universiteti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi o‘qituvchisi
2011-2012 yy - Qarshi davlat universitetining “Mehnat ta’limi va chizmachilik” kafedrasi katta o‘qituvchisi
2012-2013 yy - Qarshi davlat universiteti “Mehnat ta’limi va chizmachilik” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Kasbiy ta’lim fakulteti  ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan muovini
2013-2014 yy - Qarshi davlat universiteti Kasbiy ta’lim fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
2014-2018 yy - Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
2018-2020 yy - Qarshi davlat universiteti Pedagogika  fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
2020-2021 yy - Qarshi davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini   
2021-2022 yy - Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
2022 y.h.v       - Qarshi davlat universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

Bo‘lim tarixi

Qarshi davlat universiteti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita universitet tarkibiga kiradi.

Asosiy vazifalari

- universitetda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
- ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish hamda universitet talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish va ularni tahlil qilish; 
- o‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);
- o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganib borish;
- talabalar davomati va professor-o’qituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib borish;
- ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha takliflar berish;
- axborot-resurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligini o‘rganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;
- o’quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g’oyalar, ishlanma va texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan takliflarni berib borish;
- universitet reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini ta'minlashda faol ishtirok etish;
- universitet reytingini aniqlashda, baholash, attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;