Davlat stipendiyalari tanlovi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

10-Iyul 2025, 12:10
Universitet yangiliklari

2025–2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etishni rejalashtirayotgan nomzod talabalar uchun Qarshi davlat universitetida maxsus seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Sh.Ibrohimov ishtirokchilarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha axborot tizimidan foydalanish tartibi, tanlov jarayonining metodologik va huquqiy asoslari, hamda ushbu tizimda zamonaviy boshqaruv texnologiyalarining tutgan o‘rni haqida batafsil maʼlumot berdi. Tadbir davomida tanlovning barcha bosqichlarida shaffoflik, adolatlilik va akademik halollik tamoyillariga qatʼiy amal qilinishi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, nazorat mexanizmlari kuchaytirilgani, ayniqsa, nomzodlar haqidagi akademik maʼlumotnomalar faqat Registrator ofisi tomonidan tasdiqlangan holda qabul qilinishi zarurligi eslatib o‘tildi. Seminar tanlovga tayyorgarlik jarayonini aniq va tizimli tashkil etishda muhim amaliy ko‘mak bo‘ldi.