Nodirov Shohruh DilomurodovichMatematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi mudiri,
|
2010-2014 yy. - Mirzo Ulug‘bek nomidagi Uzbekiston Milliy universiteti talabasi (bakalavr)
2014-2016 yy. - Qozon (Privoljskiy) Federal universiteti talabasi (magistratura)
2017-2018 yy. - Qarshi davlat universitetining matematika kafedrasi o‘qituvchisi
2018-2020 yy. - Qarshi davlat universitetining fizika-matematika fakulteti tayanch doktoranti
2021-2022 yy.- Qarshi davlat universitetining matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi o‘qituvchisi;
2022 y .- h.v. - Qarshi davlat universitetining matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi mudiri
“Matematik analiz” kafedrasi 1982-yilda tashkil etilgan va unda f-m.f.n. E.Eshdavlatov mudirlik qilgan. 1988-yildan 1992-yilgacha “Matematik analiz” kafedrasida dotsent N.Dilmurodov mudirlik qilgan. 1992-yilda ushbu kafedra mudirligi lavozimida dotsent J.Toshev ishlagan. Shu yili kafedra uchga bo‘linib, “Matematik analiz”, “Algebra va geometriya” hamda “Differensial tenglamalar” kafedralari tashkil etilgan. “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Toshev, “Algebra va geometriya” kafedrasiga dotsent S.Uzoqov, “Differensial tenglamalar” kafedrasiga dotsent J.Oromov mudirlik qilgan. 1995-yilda “Matematik analiz” va “Differensial tenglamalar” kafedralari birlashtirilib, “Matematik analiz” kafedrasi deb nomlandi. Bu kafedraga 1998-yilgacha dotsent J.Toshev mudirlik qildi. 1998-yildan 2001-yilgacha “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Oromov mudirlik qildi. 2001-yil kafedra mudiri lavozimiga dotsent E.Eshdavlatov tayinlandi. 2005-yilda “Matematik analiz” va “Algebra va geometriya” kafedralar birlashtirildi va “Matematik analiz va algebra” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga dotsent N.Sharipov mudirlik qila boshladi. 2008-yildan 2010-yilning iyun oyigacha ushbu kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida f-m.f.n. M.Abulov ishlagan. 2010 yildan 2014 yilgacha kafedra mudiri vazifasida f-m.f.n. A.Imomov ishladi. 2014-yil “Matematik analiz va algebra” va “Umumiy matematika” kafedralari birlashtirildi va “Matematika” kafedrasi tashkil etildi. 2014 yil sentabrdan kafedra mudiri lavozimiga f-m.f.n. E. Aliqulov saylandi. “Matematika” kafedrasi 2018-yil noyabrda “Matematik analiz va differensial tenglamalar” va ”Algebra va geometriya” kafedralariga ajratildi. “Matematik analiz va differensial tenglamalar ”kafedrasi mudiri lavozimiga f-m.f.n. E.Aliqulov tayinlandi. 2020-2022 yillar “Matematik analiz va differensial tenglamalar” kafedrasiga f.-m.f.f.d. (PhD) M.S.Rustamova rahbarlik qildi. 2022 yil sentabrdan mazkur kafedraga Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nodirov Shohruh Dilmurodovich rahbarlik qilib kelmoqda.
Universitet Ustavi, kafedra to‘g‘risidagi Nizomning aniq bajarilishini ta’minlash; kafedra to‘g‘risidagi nizomga muvofiq bo‘limga yuklangan vazifalarning bajarilishini va vazifalariga erishishni ta’minlash; amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqarma faoliyatini boshqarish va boshqarish;
Kafedra asosan matematika yo‘nalishida bakalavriyat hamda magistratura mutaxasislari chiqarishga mo‘ljallangan.
Bakalavriaturada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:
Matematik analiz;
Differensial tenglamalar;
Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi;
Funksional analiz;
Matematik fizika tenglamalari;
Haqiqiy o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi;
Hisob(Calculus);
Matematik fizika usullari;
Oliy matematika;
Matematika;
Tanlov fanlar ro‘yxati:
Matematika fizikaning qo‘shimcha boblari;
Differensial tenlamalarning tanlangan boblari;
Operatorlar nazariyasi;
Analizning tanlangan boblari;
O‘rta maktablar uchun olimpiada masalalari;
Elementar matematika;
Magistraturada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:
O‘lchovlar va integrallar nazariyasi;
Banax fazolarida operatorlar nazariyasi;
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi;
Matematik fizikaning zamonaviy usullari;
Tanlov fanlar ro‘yxati:
Analizning tanlangan boblari;
Operatorlarning spektral nazariyasi;
Matematik fizikaning teskari masalalari;
Yuklangan differensial tenglamalar va ularning tatbiqlari;
Diskret dinamik sistemalar;
Stoxastik analiz nazariyasi.
Ilmiy yo‘nalishlar:
Uzluksiz va diskret vaqtli dinamik sistemalar.
Matematik fizika tenglamalari uchun to‘g‘ri va teskari masalalar.
Gibbs o‘lchovlari xamda nochiziqli operatorlarning qo‘zg‘almas nuqtalari.
Hisoblanuvchanlik nazariyasining ba’zi masalalari;
Butun va butun bo‘lmagan tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun chiziqli va chiziqsiz nolokal shartli masalalar.
Kafedrada 01.01.01-Matematik analiz mutaxassisligi bo‘yicha 3 nafar tayanch doktorant:
1. J.N.Jumaev (Ilmiy rahbari f.-m.f.d., professor O‘.A.Rozikov),
2. Sh.S.Bobojonov (Ilmiy raxbar f.-m.f.d., professor N.M.Jabborov),
3. A.Z.Xalilov (Ilmiy raxbar f.-m.f.d., dotsent F.X.Haydarov),
4. S.G‘.O‘ktamova (Ilmiy raxbar f.-m.f.d., professor M.I.Mo‘minov),
5. J.Z.Istamov (Ilmiy raxbar f.-m.f.d., dotsent U.U.Jamilov),
6. Sh.Z.Nurmatova (Ilmiy raxbar f.-m.f.d., dotsent A.Yu.Xamraev)
"01.01.02 Differensial tenglamalar va matematik fizika" mutaxassisligi bo‘yicha yesa 2 nafar tayanch doktorant:
1. Sh.A.Abdimurodova ( Ilmiy rahbari f.-m.f.d., dotsent Yu.Fayziev),
2. M.B.Boboxonova (Ilmiy rahbari f.-m.f.d., dotsent Yu.Fayziev), tahsil olishmoqda.
Kafedra Rossiyaning Sibir Federal universiteti, Novosibirsk Davlat universiteti, Qozon Federal universitetlari, qolaversa O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand Davlat universiteti, Buxoro davlat universitetlarining tegishli kafedralari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Hozirgi vaqtda kafedrada jami 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 1 nafari fan nomzodi va 5 nafari fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd).
Kafedra professor-o‘qituvchilari:
f-m.f.f.d.(PhD), dotsent Nodirov Shohruh Dilmurodovich;
f-m.f.n., dotsent Xamraev Axror Yusupovich;
f-m.f.f.d.(PhD), dotsent Yangiboev Zoyir Shoberdievich;
f-m.f.f.d.(PhD) Boratov Boxodir Soyib o‘g‘li;
f-m.f.f.d.(PhD) Nuralieva Novbahor Shaymardon qizi
f-m.f.f.d.(PhD) Dusanova Umida Xomid qizi;
o‘qituvchi Toshqulova Dilshoda Adxam qizi;
o‘qituvchi Raximov Abror Mahmud o‘g’li;
stajer o‘qituvchi O‘taev Azizbek Toir ug‘li;
stajer o‘qituvchi Daminova Mukarram Sulton qizi;
stajer o‘qituvchi Safarov Rasul Choriyor o‘g‘li;
stajer o‘qituvchi Doniyorov Abror Raxmiddin o‘g‘li;