60540100-Matematika

26-Sentabr 2026

Yo‘nalish nomi:        Matematika

Ta’lim shakli:           kunduzgi

Kreditlar miqdori:    240 kredit, 4 yil

Ta’lim tili:               O‘zbek

Boshlanish davri:    Sentabr

Yo‘nalish kodi:      60540100-Matematika

Lokatsiyasi:            Qarshi davlat universiteti asosiy kampus Bino B

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilardan iborat:

– umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida matematika fanidan dars berish;

– ta’lim tizimida kabinet mudiri, metodist lavozimlarda ishlash;

 – umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, texnikumlar direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasini boshqarish;

–Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;

– ishlab chiqarish korxonalari hamda bank-moliya sohasi tashkilotlarida kompleks masalalarni yechish;

– ta’lim jarayoni me’yoriy hujjatlari, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;

– dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi sohasida mutaxassis bo‘lib ishlash huquqiga ega bo‘ladilar.