Yaqinda Özbekiston davlat jahon tillari universitetida “DLL — Deutsç Lehren Lernen — Nemis tilini öqitişni örganiş” dasturi doirasidagi hamkorlikning 5 yilligiga bağişlangan xalqaro simpozium bölib ötdi. Toşkentdagi Gyote-Instituti hamkorligida taşkil etilgan tadbirda Qarşi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasining yetakçi professor-öqituvçilari ham iştirok etdi. Simpoziumni Gyote-Instituti rahbari Barbara Anna Bernsmayer oçib, Özbekistonda nemis tili taʼlimini rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va zamonaviy öqitiş metodlarini joriy etiş muhimligini taʼkidladi. Tadbirda nemis tilini öqitişning zamonaviy usullari, pedagoglarning kasbiy mahoratini oşiriş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Şuningdek, beş yillik hamkorlik natijalari sarhisob qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi. Hamkorlikning muhim natijalaridan biri sifatida Qarşi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasining tajribali öqituvçisi Röziyeva Julettaning Gyote-Instituti stipendiyasi asosida joriy yil dekabr oyida Germaniyaning Frayburg şahridagi Gyote-Institutida malaka oşirişi va tajriba almaşişi rejalaştirilgan. Mazkur hamkorlik nemis tili taʼlimi sifatini oşiriş, öqituvçilarning kasbiy rivojlanişi va xalqaro tajribani taʼlim jarayoniga tatbiq etişda muhim ahamiyat kasb etadi.